Surxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyat

O‘zbekistonda erkaklar soni ayollarga qaraganda ko‘proq ekani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda erkaklar soni ayollarga qaraganda ko‘proq ekani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda erkaklar soni ayollardan qariyb 276,5 ming nafarga ko‘p. Faqatgina Toshkent shahrida ayollar soni erkaklardan ustunlik qilmoqda.

Statistika agentligining 2026-yil 1-janvar holatiga doir yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida gender mutanosibligi bo‘yicha erkaklar ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Mamlakat miqyosida o‘rtacha hisobda har ming nafar ayol jinsiga mansub aholiga 1015 nafar erkak to‘g‘ri kelishi qayd etilgan.

Umumiy demografik ko‘rsatkichlar tahlil qilinsa, joriy yilning 7-aprel holatiga ko‘ra respublikaning doimiy aholisi soni 38 million 401 ming 654 kishiga yetgan bo‘lib, unda erkaklar soni ayollarga nisbatan 276 ming 492 nafarga ko‘p ekani kuzatilgan.

Hududlar kesimida olib borilgan o‘rganishlar erkaklar soni bo‘yicha Namangan viloyati yetakchilik qilayotganini ko‘rsatdi, bu yerda har 1 ming nafar ayolga 1034 nafar erkak to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Qashqadaryoda 1029 nafar, Andijonda 1027 nafar, Navoiyda 1026 nafar va Surxondaryoda 1025 nafar erkak ko‘rsatkichi bilan davom ettirgan. Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida ushbu nisbat 1019 nafarni, Samarqandda 1016 nafarni, Qoraqalpog‘istonda esa 1010 nafarni tashkil etgan.

Ro‘yxatning quyi qismidan o‘rin olgan Sirdaryoda 1009 nafar, Toshkent viloyatida 1008 nafar, Buxoroda 1006 nafar va Xorazmda 1004 nafar erkak to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Respublikada faqatgina Toshkent shahrida teskari holat kuzatilib, ayollar soni ustunlik qilgan, ya’ni poytaxtda har 1 ming nafar ayolga bor-yo‘g‘i 966 nafar erkak to‘g‘ri kelgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish