So‘nggi:
«Mening uyim» tizimida naqd pul yig‘ish va badallarni qo‘lda kiritish taqiqlandiJamiyatMaktablarga o‘quvchilarni qabul qilish va ko‘chirish vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatO‘zbekiston jahon chempionatini qabul qilmaydigan bo‘ldiSportQozog‘istonda xususiy klinikadagi jarrohlik amaliyoti fojia bilan tugadiDunyoFransiya prezidenti qarorgohida tintuv o‘tkazildiDunyoXitoydagi konda yuz bergan portlashda 90 kishi halok bo‘ldiJamiyatO‘zbekiston davlat qarzi qariyb 47 milliard dollarga yetdiIqtisodiyotXitoylik olimlar dunyodagi eng tezkor yangi avlod kvant kompyuterini taqdim etdiJamiyatJavohir Sindorov xalqaro shaxmat turnirida niderlandiyalik grossmeisterni mag‘lub etdiJamiyatO‘zbekiston harbiylari Turkiyadagi xalqaro merganlar musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdiJamiyat

Toshkentda yigitlar soni tobora kamayib bormoqda

Toshkentda yigitlar soni tobora kamayib bormoqda

Toshkentda yigitlar soni tobora kamayib bormoqda. O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxt mamlakatdagi ayollar soni erkaklardan ko‘p bo‘lgan yagona hududga aylandi.

2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha har 1000 nafar ayolga o‘rtacha 1015 nafar erkak to‘g‘ri keladi. Biroq Toshkent shahrida vaziyat boshqacha — bu yerda 1000 nafar ayolga atigi 966 nafar erkak to‘g‘ri kelmoqda.

Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida erkaklar soni ayollarga nisbatan biroz yuqori bo‘lib qolmoqda. Faqat Toshkent bundan mustasno bo‘ldi.

Mutaxassislar bunday holatni ichki migratsiya va poytaxtning o‘ziga xos xususiyatlari bilan izohlamoqda. Odatda ko‘plab qizlar o‘qish, ish va karyera uchun aynan Toshkentga ko‘chib keladi.

Eng yuqori ko‘rsatkich Namangan viloyatida qayd etilgan. Bu hududda har 1000 nafar ayolga 1034 nafar erkak to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati, Andijon viloyati va Navoiy viloyatida ham ko‘rsatkich yuqori.

Hududlar bo‘yicha statistika quyidagicha:

  • Namangan viloyati — 1034;
  • Qashqadaryo viloyati — 1029;
  • Andijon viloyati — 1027;
  • Navoiy viloyati — 1026;
  • Surxondaryo viloyati — 1025;
  • Jizzax va Farg‘ona viloyatlari — 1019;
  • Samarqand viloyati — 1016;
  • Qoraqalpog‘iston — 1010;
  • Sirdaryo viloyati — 1009;
  • Toshkent viloyati — 1008;
  • Buxoro viloyati — 1006;
  • Xorazm viloyati — 1004;
  • Toshkent — 966.

Toshkent va Namangan viloyati o‘rtasidagi farq har ming nafar qarama-qarshi jins vakiliga 68 kishini tashkil etib, bu mamlakatdagi eng katta demografik tafovut sifatida qayd etildi.