В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

Bog‘cha tarbiyachilari ishdan ajralmagan holda o‘qishlari mumkin bo‘ladi

Bog‘cha tarbiyachilari ishdan ajralmagan holda o‘qishlari mumkin bo‘ladi

2026-2027 o‘quv yilidan tarbiyachilar uchun ishdan ajralmagan holda bakalavrda o‘qish yo‘lga qo‘yiladi. Ishga qabulda oliy ma’lumotli mutaxassislarga ustunlik beriladi.

2026-2027 o‘quv yilidan boshlab maktabgacha ta’lim xodimlari uchun bakalavriatda o‘qishning yangi tartibi amal qila boshlaydi. Tarbiyachilar ish faoliyatini to‘xtatmagan holda to‘lov-kontrakt asosida oliy ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘quv rejasi haftasiga bir kun oliy o‘quv yurtida dars o‘tish va besh kun bog‘chada ishlash formatida tashkil etiladi.

Shuningdek, yangi bog‘chalarga xodimlarni jalb qilish bo‘yicha talablar ham kuchaytirildi. Endilikda bo‘sh ish o‘rinlari uchun oliy ma’lumotga ega bo‘lgan nomzodlarga birinchi navbatda ustunlik beriladi. Mazkur qoida tizimda faoliyat yuritayotgan kadrlarning malakasini oshirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Ishdan ajralmagan holda o‘qish tizimi tarbiyachilarga o‘z ish joyini yo‘qotmasdan professional darajasini yuksaltirish imkonini beradi. Bu yangilik, ayniqsa, hududlardagi bog‘chalarni malakali mutaxassislar bilan ta’minlash va bolalarga beriladigan ta’lim mazmunini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.