В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

Rossiya hududida O‘zbekistondan kelgan asalarilar yuklangan fura qidirilmoqda

Rossiya hududida O‘zbekistondan kelgan asalarilar yuklangan fura qidirilmoqda

Rossiyada O‘zbekistondan kelgan 1700 dan ortiq asalari oilasi bo‘lgan fura g‘oyib bo‘ldi. Mutaxassislar biologik xavf va noqonuniy savdo haqida ogohlantirmoqda.

Rossiya huquq-tartibot idoralari O‘zbekistondan keltirilgan va yo‘lda g‘oyib bo‘lgan yirik asalari partiyasini qidirishga tushdi. Aprel oyi boshida Astraxan viloyati orqali chegaradan o‘tgan va ichida 1728 ta asalari oilasi bo‘lgan yuk mashinasi Kurgan viloyatidagi belgilangan manzilga yetib kelmagan. Bir oydan buyon yuk mashinasi va haydovchi bilan aloqa o‘rnatishning imkoni bo‘lmayapti.

Surishtiruvlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, hujjatlarda ko‘rsatilgan karantin manzili soxta bo‘lib chiqqan. Kurgan viloyatidagi tegishli qishloqda asalarilarni qabul qilish uchun hech qanday texnik imkoniyat va mutaxassislar mavjud emasligi aniqlandi. Mahalliy asalarichilar jamoatchiligi ushbu holat yuzasidan IIV va prokuraturaga murojaat yo‘llagan. Mutaxassislar «noqonuniy» hasharotlarning nazoratsiz tarqalishi mahalliy ekotizimga jiddiy zarar yetkazishidan xavotirda.

Nazorat organlari O‘rta Osiyodan kelgan asalarilar turli xil infeksiya va parazitlar tashuvchisi bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Bu nafaqat asalarichilik xo‘jaliklarining yo‘q bo‘lishiga, balki odamlar salomatligiga ham xavf tug‘diradi. Hozirda Rossiya bo‘ylab ushbu yukning noqonuniy savdosini to‘xtatish va furani topish bo‘yicha tezkor qidiruv ishlari davom etmoqda.