Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyat

Toshkentda besh kunlik davomli yomg‘irlar mavsumi boshlanmoqda

Toshkentda besh kunlik davomli yomg‘irlar mavsumi boshlanmoqda

Poytaxtda 19-apreldan 23-aprelga qadar yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Haftaning oxiriga borib momaqaldiroq bo‘lishi va havo harorati +29 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilindi.

Poytaxtimizda aprel oyining ikkinchi yarmi yog‘ingarchiliklar bilan davom etadigan bo‘ldi. Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, yakshanbadan payshanbagacha Toshkentda qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda. Ayniqsa, payshanba kuni ob-havo keskin o‘zgarib, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Shunga qaramay, havo harorati keskin pasayib ketmaydi. Kunduzi termometr ko‘rsatkichlari +22 darajadan +29 darajagacha iliq bo‘ladi, tunda esa +11…+17 daraja atrofida saqlanib qoladi. Yomg‘irli kunlarda aholidan ehtiyot choralarini ko‘rish va o‘zgaruvchan ob-havoga tayyor turish so‘raladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish