So‘nggi:
O‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyatO‘zbekistonda parrandachilikni rivojlantirish uchun $105 mln imtiyozli kredit ajratiladiIqtisodiyotVladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni 69 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladiSiyosatTramp majburiy mehnatga qarshi kurash bahonasida 60 ta davlatga yangi import bojlarini joriy etdiDunyoLondondagi elita mehmonxonasida 29 yoshli Saudiya shahzodasi vafot etdiDunyoO‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatAngrenda unashtirilgan yigit va qiz avtomobil ichida is gazidan zaharlanib vafot etdiJamiyat

O‘zbekistonda bolalar pornografiyasini saqlaganlik uchun javobgarlik joriy etiladi

O‘zbekistonda bolalar pornografiyasini saqlaganlik uchun javobgarlik joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yangi tashabbuslar taqdim etildi. Bolalar pornografiyasini saqlaganlik uchun javobgarlik joriy etiladi va nogironligi bo‘lgan bolalar oilalariga soliq imtiyozlari beriladi.

O‘zbekistonda bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi qonunchilikka muhim o‘zgarishlar kiritilmoqda. Yangi tashabbuslarga ko‘ra, bolalar pornografiyasini tarqatish maqsadida saqlaganlik uchun avval ma’muriy, ushbu holat takrorlanganda esa jinoiy javobgarlik belgilanadi. Shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilgan har qanday buzuq harakatlar uchun jazo choralari yanada og‘irlashtiriladi.

Ijtimoiy sohada ham qator yengilliklar ko‘zda tutilgan. Xususan, tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bolalarning barcha qo‘shimcha tekshiruv va jarrohlik amaliyotlari davlat tomonidan Tibbiy sug‘urta jamg‘armasi orqali qoplanadi. 2026-yil yoziga qadar rivojlanishida nuqsoni bor uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun erta yordam dasturi ishga tushiriladi.

Nogironligi bor farzandini parvarishlayotgan ota-onalar uchun alohida soliq imtiyozi berilib, ularning 3 million so‘mgacha bo‘lgan oylik daromadlari daromad solig‘idan ozod etiladi. Bunday bolalar uchun kunduzgi parvarishlash markazlarini ochgan tadbirkorlar esa 2030-yilga qadar barcha turdagi soliqlardan ozod qilinadi.