So‘nggi:
O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz tariflari yana oshishi kutilmoqda | Tirbandlik va jazirama Toshkentni tungi ish rejimiga o‘tishga majbur qildi | O‘zbekistonda o‘quvchi va talabalar narkotikka testdan o‘tkaziladi | Tim Kuk 15 yillik boshqaruvdan so‘ng Apple rahbarligidan ketishini e’lon qildi | Rossiya armiyasidagi o‘zbekistonliklar soni 4,8 mingdan oshdi | my.gov.uz orqali telefon raqamini boshqa shaxs nomiga o‘tkazish imkoniyati yaratildi | Shavkat Mirziyoyev xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketadi | O‘zbekistonliklar mart oyida go‘sht, sut va energiya resurslari narxi oshganini ko‘proq his qilishdi | Qoraqalpog‘istonda Besqala Mining Valley maxsus mayning zonasi tashkil etiladi | O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo harorati pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda |

Surxondaryoda erkak harbiy operatsiyada qatnashgani uchun 3 yilga ozodlikdan cheklandi

Sho‘rchi tumanida Rossiya armiyasi safiga qo‘shilib, Kursk viloyatidagi jharbiy operatsiyada ishtirok etgan shaxsga jazo tayinlandi. Frontda yaralanib uyiga qaytgan fuqaro yollanma askarlikda aybdor deb topildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi yollanma askarlikda ayblangan Yu. A.ga nisbatan hukm chiqardi. Aniqlanishicha, 2024-yilda Rossiyaga taksichilik qilish uchun ketgan erkak bir yildan so‘ng ushbu mamlakat qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan. Tayyorgarlikdan o‘tgach, u Kursk viloyatidagi jangovar harakatlar zonasiga yuborilgan va bevosita to‘qnashuvlarda qatnashgan.

Janglar davomida snaryad portlashi natijasida jarohatlangan Yu. A. Moskva viloyatidagi gospitalda davolangan va shundan so‘ng urushni davom ettirishdan bosh tortgan. O‘zbekiston elchixonasi yordamida uyiga qaytgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud uni yollanma askarlik va chet davlat harbiy xizmatiga kirish moddalari bo‘yicha aybdor deb topib, 3 yilu 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.