O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Prezident Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy sovg‘a qildi

Prezident Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, shoira Latofat Amirovaga uy sovg‘a qildi.

Shoira o‘z nutqida Qashqadaryoning chekka hududida yashab, ikki nafar farzand tarbiyalayotgani, shuningdek, tarjimonlik va ijod bilan shug‘ullanishini qayd etdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan uning «Turkona» nomli kitobi 1000 nusxada nashr etilgan.

Prezident bilan muloqot chog‘ida shoira o‘z she’rini o‘qib berdi. Prezident ushbu chiqishdan so‘ng darhol tashabbus bilan chiqib, shoiraga uy ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Samarqand viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, shoiraga Samarqand shahridagi Qorasuv massividan barcha zamonaviy qulayliklarga ega va mebellar bilan jihozlangan yangi uy topshirildi. Kalitlarni topshirish marosimida viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari avvalroq yoshlar bilan uchrashuvda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash doirasida BYD Chazor avtomobili sovg‘a qilgan edi. Bu kabi rag‘batlantirishlar yosh ijodkorlar va iste’dodli yoshlarni yangi yutuqlarga ilhomlantirishga qaratilgan.

Prezident Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga Samarqand shahridan ikki xonali uy sovg‘a qildi.