So‘nggi:
Alisher Qodirov terma jamoaning bir qator futbolchilari bilan xayrlashishga chaqirdiSportFIFA rahbari JCH-2026 tarixdagi eng muvaffaqiyatli jahon chempionati bo‘lganini aytdiSportYil boshidan buyon O‘zbekiston aholisi tijorat banklariga 10 milliard dollardan ortiq valyuta sotdiIqtisodiyotRossiya Ukrainada yangi front ochish uchun Belarusga bosimni kuchaytirdiDunyoToshkentda soxta 10 ming dollarni 6,5 mingga pullamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandiJamiyatO‘zbekistonda ayrim haydovchilarga gaz quyish taqiqlanadiJamiyatAQSh Senati Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladiDunyoToshkentda shifoxona xodimi bemor ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldiJamiyatFarg‘ona viloyatining ikki qishlog‘i teng qiymatli yerlar evaziga Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdiJamiyatJCH-2026: O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga yirik hisobda imkoniyatni boy berdiSport

O‘zbekistonda xususiy klinikalarga organlarni transplantatsiya qilishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda xususiy klinikalarga organlarni transplantatsiya qilishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda xususiy klinikalarga a’zolarni ko‘chirib o‘tkazishga ruxsat berilmoqda. Davlat hududlarda xususiy tibbiyotni rivojlantirish uchun 200 million dollar ajratadi va «Health Invest» agentligini tashkil etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil yakuniga qadar mamlakatdagi xususiy klinikalar soni 8,7 mingtaga yetishi, ularning umumiy shifoxona o‘rinlari fondidagi ulushi esa 31 foizgacha oshishi kutilmoqda.

Eng muhim yangiliklardan biri — akkreditatsiyadan o‘tgan xususiy muassasalarga transplantatsiya faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berilishidir. Biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan chekka hududlarda yangi klinikalar ochishga 200 million dollar miqdorida imtiyozli kreditlar ajratiladi. Har bir loyiha 10 yil muddatga 10 million dollargacha mablag‘ olishi mumkin, bunda bazaviy stavkaning 50 foizi kompensatsiya qilinadi.

Moliyaviy rag‘batlantirish bilan bir qatorda bemorlar xavfsizligini ta’minlash choralari ham kuchaytirilmoqda. 2026-yil 1-iyuldan boshlab litsenziyalash vakolatlari maxsus Markazga o‘tkaziladi va litsenziya talablari qat’iylashtiriladi. Shu bilan birga, jazolash tizimida ham yangi yondashuv qo‘llaniladi: agar ko‘p tarmoqli klinikada biror yo‘nalishda xato topilsa, butun muassasa emas, balki faqat o‘sha yo‘nalish faoliyati to‘xtatiladi.

2028-yildan boshlab sug‘urta jamg‘armasi akkreditatsiyadan o‘tmagan tashkilotlardan xizmat sotib olishni to‘xtatadi, bu esa sifatni oshirishga xizmat qiladi. 2030-yil oxiriga qadar barcha davlat tibbiyot muassasalari, jumladan tuman poliklinikalari ham majburiy litsenziyadan o‘tkaziladi.

Sohani boshqarish va xorijiy kapitalni jalb qilish uchun Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda uning qoshida «Health Invest» kompaniyasi tashkil etiladi. Ushbu tuzilma investorlar bilan «yagona darcha» tamoyili asosida ishlaydi va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘zbekiston bozorini dunyo ekspertlari uchun jozibador qilish maqsadida xorijiy mutaxassislar uchun ijtimoiy soliq 1 foizgacha tushiriladi, tibbiy uskunalar importi uchun bojxona imtiyozlari beriladi. Bundan tashqari, xalqaro maslahatchilar yordamida shifoxonalarni loyihalash va qurishning eskirgan sanitariya me’yorlari qayta ko‘rib chiqilib, jahon standartlariga muvofiqlashtiriladi.