O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Toshkentda kurer qiyofasidagi o‘g‘rilar korxona seyfidan 50 ming dollarni olib chiqib ketdi

Toshkentda 50 ming dollar o‘g‘irlagan kurer va uning sheriklari qo‘lga olindi. O‘g‘irlikka korxona haydovchisi yo‘l ko‘rsatgani aniqlandi.

Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanida sodir etilgan yirik miqdordagi o‘g‘irlik fosh etilganini ma’lum qildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, korxona seyfidan 50 ming dollar miqdoridagi mablag‘ni o‘g‘irlash rejasi 38 yoshli tashkilotchi tomonidan tuzilgan. Jinoyatga korxonada haydovchi bo‘lib ishlovchi shaxs ham jalb etilgan bo‘lib, u seyfning qayerda joylashgani va undagi pullar haqida ma’lumot bergan.

O‘g‘irlikni amalga oshirish uchun haydovchi o‘z sherigiga kurerlik xizmati kiyimi va maxsus sumkasini taqdim etgan. Shundan so‘ng, ijrochi tunda kurer qiyofasida bino ichiga kirib, yerto‘ladagi seyfni ochgan va pullarni o‘g‘irlagan. Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi bergan na’vodi (ma’lumoti) evaziga o‘g‘irlangan pullardan 4000 dollar ulush olgan.

Hozirda barcha gumonlanuvchilar qo‘lga olingan bo‘lib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish