O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Toshkent — Samarqand yangi pullik avtomagistrali qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Toshkent — Samarqand yangi pullik avtomagistrali qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev qiymati 2,2 mlrd dollarlik Toshkent — Samarqand pullik avtomagistraliqurilishini boshlab berdi. Olti tasmasi bo‘lgan yangi yo‘l shaharlar o‘rtasidagi masofani 2,5 soatgacha qisqartiradi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qiymati 2,2 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan yangi Toshkent — Samarqand pullik avtomagistrali qurilishiga poydevor tamal toshini qo‘ydi. Olti tasmali, birinchi toifali va umumiy uzunligi 282 kilometrni tashkil etuvchi ushbu zamonaviy trassa mamlakat tarixida shu turdagi ilk yirik infratuzilma loyihasi bo‘ladi. Obyektni to‘liq qurib bitkazish va foydalanishga topshirish 2030-yilga mo‘ljallangan.

Yangi magistral Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarini bir-biri bilan bog‘lab, 2 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan 13 ta tuman hududidan o‘tadi. Trassaning kunlik o‘tkazuvchanlik quvvati 60 mingdan 80 mingta avtomobilgacha baholanmoqda, tekis hududlarda esa ruхsat etilgan harakatlanish tezligi soatiga 150 kilometrgacha yetadi.

Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, Toshkent va Samarqand shaharlari o‘rtasidagi yo‘l bosish vaqti amaldagi 5 soatdan 2,5 soatgacha qisqaradi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, magistralning ishga tushirilishi yuk tashish tannarxini 19–24 foizga arzonlashtiradi hamda qamrab olingan to‘rtta hududning yalpi hududiy mahsuloti (YHM) o‘sishini 3 foizga ta’minlaydi.

Murojaatda ta’kidlanishicha, ushbu ulkan infratuzilma loyihasi doirasida 92 ta ko‘prik, 28 ta yo‘l o‘tkazgich, 60 ta tonnel o‘tish joylari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi uchun yer osti o‘tish yo‘llari hamda gidrotexnik inshootlar barpo etiladi. Yo‘l qoplamasi og‘ir vaznli va yuqori tezlikdagi transport vositalari yuklamasiga chidamli bo‘lgan o‘ta mustahkam monolit betondan yotqiziladi. Birinchi bosqichda qurilish ishlari xitoylik hamkorlar bilan birgalikda EPC (loyihalash, xaridlar va qurilish) modeli asosida olib boriladi.

Transport koridori bo‘ylab logistika markazlari, sanoat zonalari, yo‘lbo‘yi xizmat ko‘rsatish ob’ektlari va turizm infratuzilmasi barpo etiladi. Bu esa sohaga qo‘shimcha xususiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘n minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish