Toshkentda 100 ta zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchasi barpo etiladiJamiyatDonald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurmoqchiSiyosatSirojiddin Adilov firibgarlik va tovlamachilikda ayblanib, 4 yilga qamaldiJamiyatLatviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni vaqtincha to‘xtatishi mumkinJamiyatQo‘shrabotda mahalla raisi ayolga shilqimlik qilib behayo videolar yuborgani uchun qamaldiJamiyatQarzdorlik 240 trillionga yetdi: O‘zbekistonliklar nima uchun ko‘proq kredit olayotgani ma’lum qilindiIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladiSiyosatQarshida soliqchilar 100 ga yaqin fuqaroning pullarini talon-toroj qildiJamiyatSurxondaryoda Afg‘onistondan 52 kg dan ortiq hashish va opiy olib kirishga bo‘lgan urinish bartaraf etildiJamiyatO‘zbekistonda ushbu haftada salqin ob-havo saqlanib qoladiJamiyat

Senatda pedofillar uchun jarrohlik kastratsiyasini joriy etish taklif qilindi

Senatda pedofillar uchun jarrohlik kastratsiyasini joriy etish taklif qilindi

Senatning 2-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni og‘irlashtirishni nazarda tutuvchi qonun muhokama qilindi. Senatning yalpi majlisida senator Rustam Kalanov pedofillar uchun jarrohlik kastratsiyasini joriy etish taklifi bilan chiqdi.

Senatorning taklifi va Tanzila Narbayevaning munosabati

Majlis davomida «Nuroniy» jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi, senator Rustam Kalanov voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jarrohlik kastratsiyasini (boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib) qo‘llash masalasini ko‘rib chiqishni taklif etdi. Senator bunday shaxslar jazodan qutulib qolsa, jinoyatni takroran sodir etishi mumkinligini ta’kidladi.

Senat raisi Tanzila Narbayeva ushbu taklifga javoban, avval e’lon qilingan va ma’qullanayotgan yangi qonunchilik normalarining amaliyotda qanday ishlashini kuzatish lozimligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, yangi mexanizmlar natijasi tahlil qilingach, zaruratga qarab qonunchilikni yanada takomillashtirish masalasiga qaytiladi.

Qonunchilikda belgilangan jazolar va cheklovlar

Senat tomonidan ma’qullangan yangi qonunga ko‘ra, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi og‘ir jinoyatlar uchun 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi nazarda tutilmoqda. Shuningdek, ushbu toifadagi jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish muddatlarining o‘tib ketishi qo‘llanilmaydi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish hamda muddatidan ilgari shartli ozod qilish kabi yengilliklar bekor qilinmoqda.