O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonga Koreyadan uchinchi Hyundai Rotem tezyurar poyezdi olib kelindi

O‘zbekistonga Koreyadan uchinchi Hyundai Rotem tezyurar poyezdi olib kelindi

“Temiryo‘lkargo” AJ Janubiy Koreyadan uchinchi tezyurar poyezd import qilinganini ma’lum qildi. Ushbu poyezdlar viloyatlararo qatnov vaqtini qisqartirishga xizmat qiladi.

Ulkan poyezd tarkibini mamlakatimizga yetkazish jarayoni ishlab chiqaruvchi zavoddan to yakuniy manzilgacha “eshikdan-eshikkacha” (door-to-door) tamoyili asosida to‘liq ta’minlangan. Bu transport vazirligi sotib olishni rejalashtirgan jami 6 ta tezyurar poyezdning navbatdagisidir.

Eslatib o‘tamiz, ushbu loyihaning ilk poyezdi 2025-yil dekabrda Koreyaning Masan portidan yo‘lga chiqib, 2026-yilning fevralida yurtimizga yetib kelgan hamda unga “Jaloliddin Manguberdi” nomi berilgan edi. Mazkur poyezd joriy yilning may oyidan buyon Toshkent—Urganch—Xiva yo‘nalishida muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda.

Yetti vagondan iborat, uzunligi 175 metr bo‘lgan poyezd soatiga 260 km/gacha tezlikda harakatlanadi hamda VIP, biznes va ekonom toifalarida jami 390 nafarga yaqin yo‘lovchini tashish imkoniga ega. Yangi poyezdlar tufayli Xivagacha bo‘lgan yo‘l vaqti 14 soatdan 7,5 soatgacha qisqardi.

Transport vazirligi ushbu zamonaviy Hyundai Rotem poyezdlarining olib kelinishi ichki turizm salohiyatini tubdan oshirishini ta’kidlamoqda. Hozirda vazirlik tomonidan ushbu yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar qatnovini poytaxtdan Andijon hamda Termiz shaharlari yo‘nalishlarida ham yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalash va tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Toshkentdan Xorazmga tezyurar zamonaviy Hyundai Rotem poyezdlari harakatlana boshlaydi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish