GTA VI bir sutkada qariyb $4 mlrd ishlab topib, kino prokati rekordini ham ortda qoldirdiDunyoO‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimi 2026-yil oxiriga borib 15 mln kishidan oshadiJamiyatNamanganda brakonyerlar elektr qarmoq bilan Qizil kitobdagi baliqlarni ovlab, 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdiJamiyatO‘zbekiston talabalariga HEMIS orqali bir yillik bepul Google AI Pro obunasi ochildiJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdan Parkentga qatnaydigan yangi elektropoyezdda yurib ko‘rdiJamiyatO‘zbekistonda xorijliklarni endi deportatsiya markazida bir yilgacha ushlab turish mumkin bo‘ladiJamiyatO‘zbekistonda muddatidan oldin pensiyaga chiqish taqdimnomasini my.gov.uz orqali rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildiJamiyat2035-yilga borib dunyoda musulmonlar soni nasroniylardan oshib ketadiDunyoToshkentda Rossiya fuqarosi 9-qavatdan o‘zini tashlab, joniga qasd qildiJamiyatO‘zbekistonliklarga maosh olish uchun bank va hamyonni mustaqil tanlashga ruxsat berildiIqtisodiyot

MrBeast Toshkentda o‘z ishqibozlari bilan uchrashadi

MrBeast Toshkentda o‘z ishqibozlari bilan uchrashadi

Dunyoga mashhur bloger MrBeast Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi taklifiga binoan O‘zbekistonga keladi. 9-oktyabr kuni Toshkentda bepul ochiq tadbir bo‘lib o‘tadi.

Tashrif va ochiq muloqot formati

Dunyoga mashhur videobloger Jimmi Donaldson (MrBeast) O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyuradi. U 9-oktyabr kuni poytaxtda o‘zining ko‘p sonli ishqibozlari va muxlislari bilan shaxsan uchrashadi.

Tadbirda ishtirok etish butunlay bepul bo‘lib, unda qatnashishni xohlovchilar orasida maxsus tanlov o‘tkaziladi. Belgilangan talablarga javob beradigan va ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar orasidan kompyuterlashtirilgan tasodifiy saralash (random) orqali g‘oliblar aniqlanadi.

Ishtirok etish shartlari va ro‘yxatdan o‘tish

Ushbu ochiq muloqot va uchrashuvda 18 yoshga to‘lgan hamda tadbir kuni Toshkentda shaxsan hozir bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lgan barcha fuqarolar qatnashishi mumkin.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ushbu tadbir bo‘yicha yagona rasmiy axborot manbasi hisoblanadi. Muxlislar uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni allaqachon boshlangan bo‘lib, Jamg‘armaning rasmiy sahifasidagi havola orqali arizalarni topshirish mumkin.

mrbeast.nocp.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish tartibi:

  1. mrbeast.nocp.uz/?lang=uz#form havolasiga o‘ting.

  2. Anketani to‘ldiring:

    • F.I.Sh. (pasport bo‘yicha).

    • Tug‘ilgan sana (18 yoshdan katta bo‘lishi shart).

    • Telefon raqami va email.

  3. Qoidalarga rozilik bildirib, arizani yuboring.

Ishtirok etish bepul, g‘oliblar esa tasodifiy tanlov (random) orqali aniqlanib, ularga taklifnoma yuboriladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish