O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

BAAlik investor Oʻzbekistonda 100 ta zamonaviy diagnostika markazini barpo etmoqchi

BAAlik investor Oʻzbekistonda 100 ta zamonaviy diagnostika markazini barpo etmoqchi

BAAning Unison Capital Investment kompaniyasi Oʻzbekistonda 100 ta diagnostika markazini ochishni rejalashtirmoqda. Loyiha doirasida MRT va MSKT xizmatlari DXSH asosida aholi uchun qulay qilinadi.

Oʻzbekiston elchisi Umid Shodiyev hamda investorlar oʻrtasidagi muloqotda ushbu loyihalarni davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida hayotga tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilindi.

Loyiha doirasida qariyb barcha viloyatlarda aholi uchun MSKT, MRT va rentgen kabi murakkab tekshiruvlardan oʻtish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, laboratoriya tahlillari va gemodializ xizmatlarini yoʻlga qoʻyish ham rejalashtirilgan. Loyihaning ilk qadami sifatida Fargʻona viloyatida kompyuter tomografiyasi boʻlimlarini ochish masalasi kelishib olindi.

Investitsiya loyihasining moliyaviy va texnik jihatlari yaqin orada poytaxtda oʻtadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida yakuniy bosqichda koʻrib chiqiladi. BAA kompaniyasi rahbariyati ushbu forum doirasida Oʻzbekistonning iqtisodiy va sogʻliqni saqlash vazirliklari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazishni maqsad qilgan. Unison Capital Investment yirik hajmdagi kapitalni boshqarish va tibbiy obʼyektlarni modernizatsiya qilish boʻyicha xalqaro tajribaga ega.

Maʼlumot oʻrnida, 2027-yildan eʼtiboran mamlakat sogʻliqni saqlash tizimiga sarmoya kiritishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi. Yangi tizimga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi strategik sherik sifatida investorlarga kerakli bino va yer maydonlarini ajratishda yaqindan koʻmaklashadi. Bu esa xususiy sektor vakillariga davlat shifoxonalari negizida oʻz xizmatlarini yoʻlga qoʻyish uchun keng yoʻl ochadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish