So‘nggi:
Buxoroda mast haydovchi bir necha avtomobil bilan to‘qnashib, 5 yoshli bolani urib ketdi | Maxsus texnika importi uchun bojlar bekor qilinadi | Ilon Mask 656 milliard dollar boylik bilan dunyoning eng badavlat odamlari reytingida peshqadamlik qilmoqda | O‘zbekistonda tadbirkorlik tekshiruvlarini raqamli nazorat qilishning yangi tartibi joriy etilmoqda | Anapa qirg‘oqlarida yuz bergan neft sizishi oqibatida yuzlab dengiz qushlari nobud bo‘lmoqda | Toshkent yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga 14 milliard so‘m sarflaydi | Putin Yevropaga qarshi urush boshlashga tayyorlanmoqda | Rossiya chegarachilari haxsiy smartfon va yozishmalarni ko‘zdan kechirish huquqiga ega bo‘ldi | O‘zbekistonda bolalar pornografiyasini saqlaganlik uchun javobgarlik joriy etiladi | Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonda sezildi |

Toshkentda 15 yoshli o‘smir urib yuborgan YPX inspektori vafot etdi

BMW rulida bo‘lgan voyaga yetmagan haydovchi sabab og‘ir jarohat olgan kichik serjant Xosilbek Eshnazarov shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. U 33 yoshda edi.

Fojia poytaxtning Mirobod tumanida yuz bergan. Xizmat vazifasini bajarayotgan YPX xodimi kuchli zarba oqibatida og‘ir tan jarohati olgan va shifokorlar nazoratida qolgan edi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.

Xosilbek Eshnazarov Qashqadaryo viloyatidan bo‘lib, Toshkentda xizmat qilgan. Hamkasblari uni mas’uliyatli va fidoyi xodim sifatida eslaydi. Marhumning ortida turmush o‘rtog‘i va uch nafar voyaga yetmagan farzandi qoldi. Eng katta farzandi hali olti yoshga ham to‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, hodisa Nukus ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2010 yilda tug‘ilgan D.K. BMW M4 rusumli avtomobilni boshqarib, xizmatda turgan inspektorni urib yuborgan.

Avvalroq IIV ushbu avtomobil bilan bog‘liq ko‘plab qoidabuzarliklar aniqlanganini ma’lum qilgan edi: transport vositasiga 37 ta jarima rasmiylashtirilgan, 18 marta boshqaruv huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga rul topshirilgan.

Jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 266-moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. Endilikda jabrlanuvchining vafoti sabab ayblov og‘irroq qismga o‘zgartiriladi. Qonunchilikka ko‘ra, aybdorga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin. Shuningdek, voyaga yetmagan shaxsni nazoratsiz qoldirgan ota-onaning ham javobgarligi ko‘rib chiqilishi ehtimoldan xoli emas.