Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

hindiston kapitali Uzbekistanda: sarmoyalar 135%ga oshdi, milliardlik marraga yaqinlashmoqda

hindiston kapitali Uzbekistanda: sarmoyalar 135%ga oshdi, milliardlik marraga yaqinlashmoqda

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, hindiston biznesi tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmi 332 mln dollarga yetdi. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari tibbiyot, IT, konchilik va infratuzilmani qamrab olmoqda.

Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Hindiston elchisi Smita Pant 2025 yil yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik natijalarini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga hind kapitali oqimi bir yil ichida 135 foizga oshib, rekord ko‘rsatkich qayd etgan.

Asosiy ko‘rsatkichlar

Bugungi kunda Hindistonning O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltirgan jami investitsiyalari 717 mln dollarni tashkil etadi. Mavjud sur’at saqlansa, yaqin istiqbolda bu ko‘rsatkich 1 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda.

2026 yil boshiga kelib respublikada hind kapitali ishtirokidagi 375 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan. Eng faol yo‘nalishlar — farmatsevtika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, foydali qazilmalar qazib olish hamda infratuzilma loyihalaridir.

Texnologik va gumanitar hamkorlik

2025 yil Toshkent va Nyu-Dehli o‘rtasidagi texnologik yaqinlashuv bosqichi bo‘ldi. Qo‘shma ishchi guruh doirasida kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt sohalaridagi loyihalar muhokama qilindi. 2026 yil fevralida O‘zbekiston delegatsiyasi Hindistonda o‘tgan global AI sammitida qatnashdi.

Gumanitar yo‘nalish ham izchil rivojlanmoqda: Toshkentda hind mutaxassislari tomonidan onkologiya va transplantologiya bo‘yicha 200 dan ortiq murakkab tibbiy maslahatlar berildi.

ITEC kasbiy almashinuv dasturi doirasida so‘nggi 5 yilda Hindistonda 1144 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis malaka oshirdi. So‘nggi ikki yilda dastur ishtirokchilarining 40 foizini ayollar tashkil etdi.

Elchi ta’kidlashicha, bunday o‘sishning asosi — oliy darajadagi muntazam siyosiy muloqotdir. Xususan, Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modining o‘tgan yil sentyabrida Shanghai Cooperation Organisation sammiti doirasidagi uchrashuvi yangi loyihalarga turtki bergan.