So‘nggi:
Buxoroda mast haydovchi bir necha avtomobil bilan to‘qnashib, 5 yoshli bolani urib ketdi | Maxsus texnika importi uchun bojlar bekor qilinadi | Ilon Mask 656 milliard dollar boylik bilan dunyoning eng badavlat odamlari reytingida peshqadamlik qilmoqda | O‘zbekistonda tadbirkorlik tekshiruvlarini raqamli nazorat qilishning yangi tartibi joriy etilmoqda | Anapa qirg‘oqlarida yuz bergan neft sizishi oqibatida yuzlab dengiz qushlari nobud bo‘lmoqda | Toshkent yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga 14 milliard so‘m sarflaydi | Putin Yevropaga qarshi urush boshlashga tayyorlanmoqda | Rossiya chegarachilari haxsiy smartfon va yozishmalarni ko‘zdan kechirish huquqiga ega bo‘ldi | O‘zbekistonda bolalar pornografiyasini saqlaganlik uchun javobgarlik joriy etiladi | Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonda sezildi |

Farg‘onadagi bolalar bog‘chalaridan birida bolalar ommaviy zaharlangani aytilmoqda

Kun.uz tahririyatiga Farg‘ona shahridan ko‘plab murojaatlar kelib tushdi. Unda 20-fevral kuni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga borgan bolalarning sog‘lig‘i keskin yomonlashgani haqida xabar berilgan.

Ota-onalarning so‘zlariga ko‘ra, bog‘cha tarbiyalanuvchilarida o‘tkir ichak infeksiyasiga xos alomatlar — yuqori harorat, ko‘ngil aynishi, qusish va ich ketishi kuzatilgan. Bolalarning bir qismi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan.

Maktabgacha ta’lim muassasalaridan birining rahbari kamida besh nafar tarbiyalanuvchi shifoxonaga yotqizilganini tasdiqladi. Uning aniqlik kiritishicha, bog‘chalarga ovqat yetkazib berish Quvasoy shahridagi Garden Catering Trade kompaniyasi tomonidan autsorsing asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga rasmiy izoh olish maqsadida borgan jurnalist qator qiyinchiliklarga duch kelgani ma’lum bo‘ldi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, OAV vakili shifoxonaga yotqizilgan bolalarning ota-onalari bilan muloqot qila olmagan.

Mazkur holat yuzasidan mas’ul idoralar tomonidan hozircha rasmiy tushuntirish berilmadi.