So‘nggi:
O‘zbekistondagi har sakkizinchi kilovatt elektr energiyasi maxsus zaxiradan olinmoqdaIqtisodiyotO‘zbekistonda 2030-yilgacha beshta yangi sel-suv ombori quriladiJamiyatBMT Isroil va Rossiyani urush hududlaridagi jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha qora ro‘yxatga kiritdiDunyoO‘zbekiston aholisi 2050-yilga kelib 52 milliondan oshadiJamiyatToshkentda 4 kishilik oila ijarasiz yashashi uchun oyiga 23.5 million so‘m kerakligi aytildiJamiyatYaponiyada aholi soni rekord darajada qisqardiDunyoJeff Bezosning Oyga uchadigan raketasi sinov parvozi oldidan portlab ketdiDunyoAQSHda Donald Tramp tasviri tushirilgan 250 dollarlik banknot chiqarilishi mumkinDunyoShavkat Mirziyoyev YOII sammitida hamkorlikning 5 ta asosiy yo‘nalishini ma’lum qildiSiyosatRossiyada markaziy osiyolik migrantlarga qarshi reyd o‘tkazildiJamiyat

O‘zbekistonda eng yaxshi ixtirochi va seleksionerlar 61,8 mln so‘mgacha mukofot oladi

O‘zbekistonda eng yaxshi ixtirochi va seleksionerlar 61,8 mln so‘mgacha mukofot oladi

Hukumat intellektual faoliyat sohasidagi ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazish tartibini tasdiqladi. Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan olimlar va ixtirochilarga 100 dan 150 BHMgacha miqdorda pul mukofot berilishi belgilandi.

O‘zbekistonda olimlar va mualliflarning innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi tanlov tizimi joriy etildi. Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan nizomga ko‘ra, tanlovlar eng yaxshi ixtiro, foydali model, dasturiy mahsulot va seleksiya yutuqlari kabi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi.

Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘lib, dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida saralash o‘tkaziladi. Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan va g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar quyidagi miqdorda taqdirlanadi: 1-o‘rin uchun 150 BHM (61,8 mln so‘m), 2-o‘rin uchun 125 BHM (51,5 mln so‘m) va 3-o‘rin uchun 100 BHM (41,2 mln so‘m).

Tanlov shartlari va baholash mezonlari har yili 1-mayga qadar e’lon qilinishi shart. Mazkur tizim mamlakatda ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.