Toshkentda erkak kishi ikki yil davomida maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, unga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatXususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyat

Toshkentda yashirin laboratoriya fosh etildi

Yunusobod tumanida har oy 500 ming doza tropikamid va 100 ming doza pregabalin tayyorlagan laboratoriya tugatildi. Ichki ishlar xodimlari 20 kg prekursor va uskunalarni musodara qilib, Shoyxontohurda giyohvand moddalarni tarqatgan er-xotinni ham qo‘lga oldilar.

IIV xodimlari Yunusobod tumanidagi ijaraga olingan kvartirada tashkil etilgan yirik narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘ydi. Ilgari sudlangan ikki nafar «kimyogar» ushbu xonadonda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan. Tekshiruv davomida 8 kg pregabalin kukuni, 20 kg prekursorlar va o‘n minglab bo‘sh kapsulalar topildi. Laboratoriya quvvati har oyda jami 600 ming dozagacha dori vositalarini ishlab chiqarishga imkon bergan.

Mazkur ish doirasida Shoyxontohur tumanida Telegram’dagi narkodo‘kon uchun zakladka qo‘yish bilan shug‘ullangan er-xotin ham ushlandi. Ularning Nexia-3 avtomobili va yashash joyidan yuzlab dozadagi dori vositalari hamda gashish moddasi musodara qilindi.

Hozirda jinoiy guruhning barcha a’zolari qamoqqa olingan, jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov o‘tkazilmoqda. IIV fuqarolarni uylarini ijaraga berishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.

Izohlar

    Izoh qoldirish