Senat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyatToshkentda ichimlik suvi rejalashtirilgan tarzda o‘chiriladiJamiyatВ Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyat

So‘xni Farg‘ona bilan bog‘lovchi eng qisqa avtomobil yo‘li quriladi

Farg‘ona viloyati va So‘x tumanini bog‘laydigan eng qisqa magistral yo‘l loyihasi 11-aprelda e’lon qilindi. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi O‘zbekiston tumani orqali o‘tadigan yangi trassani barpo etish bo‘yicha qo‘shni davlatlar bilan muzokaralar boshlashini ma’lum qildi.

Prezident rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunovning ta’kidlashicha, tumanni viloyat markazi bilan bog‘laydigan eng qisqa va qulay yo‘nalishda yangi avtomobil yo‘li quriladi. Mazkur trassa O‘zbekiston tumani orqali o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda mutaxassislar joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Shuningdek, tumandagi 500 kilometrga yaqin ichki va mahalliy yo‘llarni to‘liq tartibga keltirish rejalashtirilgan. Tursunovning so‘zlariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra yaqin vaqt ichida aniq texnik yechimlar asosida qurilish ishlariga start berilishi kutilmoqda.

So‘x tumani O‘zbekistonning eksklavi sifatida to‘liq Qirg‘iziston hududi bilan o‘ralgan. Yangi yo‘l qurilishi tuman aholisi uchun transport qatnovini yengillashtirish va hududning iqtisodiy integratsiyasini kuchaytirishda strategik ahamiyatga ega bo‘ladi.