Senat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyatToshkentda ichimlik suvi rejalashtirilgan tarzda o‘chiriladiJamiyatВ Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyat

Navoiyda noqonuniy oltin qazuvchilar davlatga 13 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Navoiyda noqonuniy oltin qazuvchilar davlatga 13 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Navoiy viloyatida 11-aprel kuni oltin tarkibli rudalarni yashirin qayta ishlash bilan shug‘ullangan guruhlar qo‘lga olindi. Karmana va Navbahor tumanlaridagi noqonuniy faoliyat natijasida davlat budjetiga hamda ekologiyaga 13 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazilgani ma’lum bo’ldi.

DXX Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan reydlar natijasida jami 13,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan yashirin sexlar fosh etildi. Karmana tumanida parrandachilik binosini ijaraga olib, tilla qumini qayta ishlashga moslashtirgan shaxsdan 200 kg yarim tayyor oltin musodara qilindi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Shuningdek, «Sarmishsoy» muzey-qo‘riqxonasi hududida ham yirik noqonuniy kon aniqlandi. Tadbirkor soxta hujjatlar orqali qo‘riqxonaning 8 gektar maydonida qazish ishlarini tashkil qilgan. Tadbir davomida 430 tonnadan ortiq ruda, maxsus texnikalar va 6 kg oltin konsentrati xatlandi.

Hozirda laboratoriya tekshiruvlari orqali tabiatga yetkazilgan zararning aniq miqdori hisoblanmoqda. Aybdorlarga nisbatan tegishli moddalar bilan ayblov e’lon qilinishi kutilmoqda. Tergov harakatlari doirasida noqonuniy sxemaning boshqa ishtirokchilari ham aniqlanmoqda.