Senat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyatToshkentda ichimlik suvi rejalashtirilgan tarzda o‘chiriladiJamiyatВ Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyat

Aeroportlar yaqinida varrak uchirish parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi haqida ogohlantirildi

Aeroportlar yaqinida varrak uchirish parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi haqida ogohlantirildi

Uzbekistan Airports kompaniyasi fuqarolarni aerodromlar atrofida varrak uchirishdan tiyilishga chaqirdi. Ushbu ko‘ngilochar mashg‘ulot samolyot dvigatellariga zarar yetkazishi va aviatsiya hodisalariga sabab bo‘lishi mumkinligi, buning uchun qat’iy ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangani eslatib o‘tildi.

Gap shundaki, varraklar baland ko‘tarilib, samolyotlarning uchish va qo‘nish hududlariga kirib qolishi mumkin. Varraklarning mustahkam iplari samolyot uskunalariga shikast yetkazishi yoki dvigatel ichiga kirib ketib, favqulodda holatlarni keltirib chiqarish xavfi mavjud. O‘zbekiston Havo kodeksining 17-moddasiga binoan, parvozlar xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Huquqiy jihatdan olib qaraganda, havo bo‘shlig‘idan ruxsatsiz foydalanish MJtKning 116-2-moddasi bilan jazolanadi. Buning uchun 20 tadan 100 tagacha BHM miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi ko‘zda tutilgan. Agar ushbu harakat jiddiy aviatsiya hodisasiga sabab bo‘lsa, javobgarlik jinoiy tus olishi mumkin. Shu sababli fuqarolardan aeroportdan uzoqroq va xavfsiz dam olish joylarini tanlash so‘raladi.