Toshkentda erkak kishi ikki yil davomida maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, unga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatXususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashish uchun Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-aprel kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari hudud rivoji bilan tanishadi hamda Qozog‘iston prezidenti bilan strategik hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi va suv-ekologiya masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoroga tashrifi hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini ko‘zdan kechirishdan boshlandi. Davlat rahbari viloyatdagi yangi sanoat quvvatlari faoliyati va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan istiqbolli rejalar bilan tanishadi.

Tashrifning asosiy voqeasi ertaga, 11-aprel kuni Buxoroda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvdir. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning amaliy tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi ittifoqchilik aloqalarini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi. Muzokaralarda transport, energetika va o‘zaro savdo aylanmasini kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, davlat rahbarlari mintaqaviy xavfsizlik va transchegaraviy suv resurslaridan samarali foydalanish borasida fikr almashadilar. Dasturga ko‘ra, prezidentlar Buxorodagi tarixiy yodgorliklarni ziyorat qiladilar hamda viloyatning eksport salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishadilar.

Izohlar

    Izoh qoldirish