Senat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyatToshkentda ichimlik suvi rejalashtirilgan tarzda o‘chiriladiJamiyatВ Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyat

DXX xodimlari 190 kg dan ortiq gashishni qozonlar ichidan topdi

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasidagi afg‘on qozonlari ichiga salkam 200 kg gashish yashirilgani aniqlandi.

Surxondaryo viloyatidagi chegarada xo‘jalik buyumlari niqobi ostida olib o‘tilayotgan juda ko‘p miqdordagi narkotik partiyasi to‘xtatib qolindi. “Termiz avtoyo‘l” nazorat-o‘tkazish maskanida Afg‘onistondan kirib kelgan yuk avtomobili tekshirilganda, uning ichida yashirin yuk borligi ma’lum bo‘ldi.

DXX xodimlari denovlik haydovchi boshqaruvidagi mashina yukxonasida bo‘lgan 750 ta afg‘on qozonini ko‘zdan kechirishdi. Ma’lum bo‘lishicha, qozonlarning 210 tasi maxsus tayyorlangan bo‘lib, ularning ichiga jami 190,8 kg gashish moddasi joylashtirilgan. Mazkur yuk Markaziy Osiyodagi davlatlardan biriga tranzit sifatida yo‘llangan.

35 yoshli haydovchi ushbu reydga qadar maxsus xizmatlar nazoratida bo‘lgan. Hozirda ushbu jinoiy sxema ishtirokchilarini aniqlash va qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.