Senat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyatToshkentda ichimlik suvi rejalashtirilgan tarzda o‘chiriladiJamiyatВ Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyat

O‘zbekistonda 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

O‘zbekistonda 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

Maktablarning 1-sinfga hujjat topshirish jarayoni to‘liq onlayn tarzda ikki bosqichda amalga oshiriladi. 2019-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalarning ota-onalari my.gov.uz va my.maktab.uz orqali ariza yuborishlari mumkin.

O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili uchun birinchi sinfga qabul jarayonlari boshlanmoqda. Hujjatlar onlayn platformalar orqali qabul qilinadi va bu yilgi jarayon ikki bosqichga bo‘lingan.

Dastlabki bosqich 20-iyundan 31-iyulga qadar davom etadi — bu vaqt ichida arizalar faqat biriktirilgan mikrotumanlar bo‘yicha qabul qilinadi. Ikkinchi bosqich esa 1-avgustdan 31-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi, unda ota-onalar farzandlarini o‘z yashash hududidan tashqaridagi maktablarga joylashtirish uchun ariza topshirishlari mumkin. Eslatib o‘tamiz, maktabga 2019-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Arizalar my.gov.uz yoki my.maktab.uz portallari orqali elektron shaklda yuboriladi. Masofaviy tizim ota-onalar uchun ortiqcha navbatlarsiz va qog‘ozbozliksiz hujjat topshirish imkonini beradi.