Toshkentda erkak kishi ikki yil davomida maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, unga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatXususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev yangilangan Temuriylar muzeyini ko‘zdan kechirdi

Amir Temur tavalludining 690 yilligida Shavkat Mirziyoyev yangilangan Temuriylar muzeyini ko‘zdan kechirdi. Muzey zallari sun’iy intellekt va aqlli texnologiyalar bilan jihozlanib, yangi noyob ashyolar bilan boyitildi.

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yillik sanasida O‘zbekiston prezidenti Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar bilan tanishdi. Muassasa binoni rekonstruksiya qilishdan tashqari, dunyoning eng nufuzli muzeylari standartlariga mos ravishda to‘liq raqamli transformatsiyadan o‘tkazildi.

Muzeyning ko‘rgazmalar zali mutlaqo yangicha yondashuv asosida shakllantirilgan. Xususan, ikkinchi qavatda sun’iy intellekt va smart-texnologiyalar yordamida o‘sha davr muhitini tiklovchi interaktiv zonalar ish boshladi. Birinchi qavatdagi bo‘lim esa Sohibqironning Ikkinchi Renessans poydevorini yaratishdagi o‘rniga bag‘ishlangan. Shuningdek, xorijiy kolleksiyalardan sotib olingan noyob osori-atiqalar muzey fondini yanada boyitdi.

Tashrif chog‘ida Shavkat Mirziyoyev yangilangan muzey endilikda zamon talablariga to‘liq javob berishini e’tirof etdi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu maskan yoshlar va chet ellik mehmonlar uchun tariximizni o‘rganishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilishi kerak. Prezident muzeyning faxriy mehmonlar kitobida o‘z dil so‘zlarini yozib qoldirdi.

Izohlar

    Izoh qoldirish