So‘nggi:
Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyat

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari mart oyida 8 mlrd dollarga kamaydi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari mart oyida 8 mlrd dollarga kamaydi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari mart oyida 8,1 mlrd dollarga qisqardi. Markaziy bank buni jahon bozorida oltin narxi tushgani bilan izohladi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra O‘zbekiston xalqaro zaxiralari 68,99 mlrd dollarni tashkil etdi. Bir oy ichida zaxiralar miqdori 8,09 mlrd dollarga qisqardi. Shuni ta’kidlash kerakki, aktivlarning qiymati kamaygan bo‘lsa-da, oltinning jismoniy hajmi 13,1 milliondan 13,4 million troya unsiyasigacha ko‘paygan. Bu esa zaxiralarning kamayishi oltin sotish bilan emas, balki uning narxi o‘zgarishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Zaxiralar tarkibidagi oltin qismi qiymati 6,82 mlrd dollarga, valyuta qismi esa 1,26 mlrd dollarga kamaygan. Qimmatli qog‘ozlar portfeli deyarli o‘zgarishsiz qolib, 1,5 mlrd dollar atrofida saqlanib qolmoqda. Mart oyida oltin narxining pasayishi zaxiralarning umumiy ko‘rsatkichiga bevosita ta’sir qildi: agar 2-mart kuni bir unsiya oltin 5419 dollarga yetgan bo‘lsa, aprel oyiga kelib o‘rtacha narx 4785 dollarni tashkil etdi.