Toshkentda erkak kishi ikki yil davomida maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, unga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatXususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyat

O‘zbekistondagi AYoQShlarda tushum miqdori bir kunda keskin ko‘paydi

O‘zbekiston yoqilg‘i quyish shoxobchalarida tushum bir kunda 152 mlrd so‘mga yetdi. Markaziy bank buni plastik kartalar orqali to‘lovlarning ko‘payishi bilan izohlamoqda.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka ichida mamlakatdagi AYoQShlarning umumiy tushumi qariyb 1,6 baravarga oshgan. Xususan, 1-aprel kuni ushbu ko‘rsatkich 93,2 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, keyingi kunning o‘zida 152,6 mlrd so‘mga yetgan. Taqqoslash uchun, mart oyida o‘rtacha kunlik tushum 102,6 mlrd so‘m atrofida bo‘lgan va o‘shanda savdoning qariyb 58 foizi naqd pulda amalga oshirilgan edi.

Aprel oyi boshida vaziyat o‘zgarib, naqd pulsiz to‘lovlarning 90 foizi bank kartalari, jumladan, QR-kodlar orqali amalga oshirildi. Eng katta o‘sish oddiy bank kartalari segmentida kuzatilib, ularning hajmi 80,9 mlrd so‘mdan 138,6 mlrd so‘mga ko‘tarildi. Shuningdek, «moment» kartalari orqali to‘lovlar hajmi ham bir kunda 1,6 mlrd so‘mdan 3,6 mlrd so‘mga yetib, keskin o‘sish ko‘rsatdi. Yoqilg‘i kartalari va QR-to‘lovlar sohasida esa sezilarli o‘zgarishlar qayd etilmadi.

Izohlar

    Izoh qoldirish