So‘nggi:
Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyat

Yangiyo‘lda 120 dan ortiq daraxt noqonuniy kesildi, zarar 1 mlrd so‘mdan oshdi

Yangiyo‘lda 120 dan ortiq daraxt noqonuniy kesildi, zarar 1 mlrd so‘mdan oshdi

Yangiyo‘lning «Lazzat» mahallasida S.B. korxonasi 121 tup daraxtni noqonuniy yo‘q qildi. Tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi.

Ekoinspeksiya va Ekopolitsiya xodimlari Yangiyo‘l shahrining «Lazzat» mahallasida o‘tkazgan reyd davomida o‘simlik dunyosiga jiddiy zarar yetkazish holatini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, S.B. mas’uliyati cheklangan jamiyati xodimlari hududdagi 121 tup daraxtni noqonuniy ravishda kesib, ularni maxsus texnikalar yordamida ildizi bilan qazib olgan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mutaxassislari ushbu holat bo‘yicha o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni 1 mlrd 67 mln 574 ming so‘m miqdorida baholadi. Hozirda noqonuniy xatti-harakatlar bo‘yicha barcha hujjatlar huquqiy baho berish va aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga topshirildi. Shahar hududida yashil maydonlarni qonunga xilof ravishda yo‘q qilish holatlari qat’iy nazoratda ekani bildirildi.