Toshkentda erkak kishi ikki yil davomida maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, unga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatXususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyat

Samarqandda soqov taksichi bilan prank uyushtirgan yoshlar qamoqqa olindi

Samarqandda soqov haydovchini masxara qilgan prankchilar 8 va 10 sutkaga qamaldi. Haydovchining guvohnomasi bo‘lmagani aniqlanib, mashina jarima maydonchasiga yuborildi.

YHXB xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, ikki yo‘lovchi go‘yoki imkoniyati cheklangan haydovchini masxara qilayotgani aks etgan videoga nisbatan tezkor choralar ko‘rdi.

Videoda aks etgan shaxslarning barchasi samarqandlik yoshlar ekani va ular shunchaki «shou» yaratish maqsadida ushbu ishga qo‘l urgani aniqlandi. Keyinchalik ular o‘z qilmishlari uchun uzr so‘rab, hech qanday nogiron haydovchi yo‘qligini, bu shunchaki hazil ekanini aytishgan bo‘lsa-da, huquq-tartibot idoralari ushbu holatni jamiyatda axloqsizlikni targ‘ib qilish deb baholadi.

Surishtiruv davomida videoda haydovchi rolini o‘ynagan yigitning umuman haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismi (hujjatlari bo‘lmagan shaxsning transport vositasini boshqarishi) bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi. Mazkur prank ijtimoiy axloq normalarini oyoqosti qilgani uchun yoshlarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berildi.

Sud qaroriga ko‘ra, hujjatsiz mashina boshqargan va prankda ishtirok etgan «haydovchi»ga 8 sutka, yo‘lovchi rolidagi ikki nafar sherigiga esa 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Mutasaddilar ijtimoiy tarmoqlarda obunachi to‘plash maqsadida inson qadr-qimmatini yerga uruvchi videolarni suratga olish qonun bilan jazolanishini yana bir bor eslatib o‘tdilar.

Izohlar

    Izoh qoldirish