Javohir Sindarov rapid bo‘yicha jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildiSportO‘zbekistondagi har beshinchi voyaga yetgan fuqaroning krediti bor — MBIqtisodiyotSenat O‘zbekiston Milliy gvardiyasining vazifa va vakolatlarini aniqlashtirdiSiyosatSenat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyatToshkentda ichimlik suvi rejalashtirilgan tarzda o‘chiriladiJamiyatВ Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSport

O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jazo choralari keskin kuchaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jazo choralari keskin kuchaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda hayvonlarga shafqatsizlik uchun 1 yil qamoq va 82 mln so‘m jarima taklif etildi. Shuningdek, uy hayvonlarini ko‘chada qarovsiz qoldirish taqiqlanadi.

O‘zbekiston parlamentida hayvonlar huquqlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan “Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Ekologik partiya fraksiyasi tomonidan ilgari surilayotgan ushbu tashabbus hayvonlarga nisbatan sodir etilayotgan nojo‘ya harakatlar uchun javobgarlikni sezilarli darajada oshirishni nazarda tutadi. Xususan, hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun amaldagi 6 oylik qamoq jazosini bir yilgacha uzaytirish, maksimal jarima miqdorini esa BHMning 200 baravarigacha (82,5 mln so‘m) yetkazish taklif etilmoqda.

Yangi qonun loyihasining muhim jihatlaridan biri — hayvon egalarining mas’uliyatini qonuniy mustahkamlashdir. Endilikda uy hayvonlarini (mushuk, it va boshqalar) ko‘chada qarovsiz va nazoratsiz qoldirish, ya’ni “samovigul” rasman taqiqlanishi mumkin. Agarda shaxs hayvonga shikast yetkazsa, u nafaqat davlatga jarima to‘laydi, balki jabrlangan hayvonning veterinariya klinikalaridagi barcha davolanish xarajatlarini, hatto bu summa hayvonning bozor qiymatidan yuqori bo‘lsa ham, to‘liq qoplashga majbur bo‘ladi.

Bundan tashqari, loyihada ijtimoiy muhitni yaxshilashga oid normalar ham o‘rin olgan:

  • Jamoat transportida ko‘zi ojizlarga hamrohlik qiluvchi itlar va hissiy ko‘mak beruvchi hayvonlar uchun imtiyozlar joriy etish;

  • Jamoat joylarida hayvonlar bilan bo‘lish uchun qulay (Pet-friendly) infratuzilmani yaratish;

  • Ta’lim maskanlarida bolalarga hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish madaniyatini o‘rgatish.

Hozirda Ekologik partiya ushbu loyihani takomillashtirish uchun jamoatchilik takliflarini qabul qilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, jazo choralarining kuchaytirilishi va hayvon egalari ustidan nazoratning o‘rnatilishi jamiyatda insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.