Toshkentdagi pivo korxonasida sisterna yonib ketdiJamiyatSaida Mirziyoyevaga yana bir vazifa yuklatildiSiyosatJavohir Sindarov rapid bo‘yicha jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildiSportO‘zbekistondagi har beshinchi voyaga yetgan fuqaroning krediti bor — MBIqtisodiyotSenat O‘zbekiston Milliy gvardiyasining vazifa va vakolatlarini aniqlashtirdiSiyosatSenat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyatToshkentda ichimlik suvi rejalashtirilgan tarzda o‘chiriladiJamiyatВ Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyat

Andijonda tilla buyumlarni tanasiga yashirib olib kirmoqchi bo‘lgan ayol to‘xtatildi

«Do‘stlik» chegara bojxona postida qirg‘izistonlik ayolning shubhali xatti-harakatlari fosh etildi. Skanerlash qurilmasi yordamida ayolning ichki a’zolariga yashirilgan 70 million so‘mlik zargarlik buyumlari topildi.

Andijon viloyati Bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari yirik miqdordagi tilla buyumlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘ydi. Qirg‘izistondan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro bojxona nazoratidan «yashil yo‘lak» orqali o‘tishga harakat qilgan. Biroq uning o‘zini tutishi bojxonachilarda shubha uyg‘otgan va ayol maxsus skanerlash uskunasidan o‘tkazilgan.

Tekshiruv natijasida ayolning jinsiy a’zolariga yashirilgan, umumiy vazni 54 gramm bo‘lgan 15 dona zargarlik buyumi aniqlandi. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, ushbu tillalarning umumiy qiymati qariyb 70 million so‘mni tashkil etadi. Ma’lum bo‘lishicha, ayol ushbu buyumlarni noma’lum shaxsning topshirig‘iga binoan, ma’lum bir haq evaziga O‘zbekiston hududiga yashirincha olib kirishga uringan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda. Bojxona qo‘mitasi xodimlari so‘nggi vaqtlarda qimmatbaho metallarni tanaga yashirib olib o‘tishga urinishlar ko‘payganini qayd etib, nazorat choralari yanada kuchaytirilganini ma’lum qildi.