So‘nggi:
Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyat

Toshkentda avtobus 13 yoshli maktab o‘quvchisini urib yubordi

Toshkentda avtobus 13 yoshli maktab o‘quvchisini urib yubordi

Toshkentda avtobus maxsus yo‘lakda 13 yoshli qizni urib yubordi. Maktab o‘quvchisi qizil chiroqda yo‘lni kesib o‘tishga uringan, u hozirda shifoxonada.

Poytaxtning Shota Rustaveli ko‘chasida jamoat transporti ishtirokida navbatdagi baxtsiz hodisa qayd etildi. «Toshshaxartransxizmat» tizimidagi avtobus o‘ziga tegishli bo‘lgan alohida harakatlanish chizig‘i (BRT) bo‘ylab Janubiy vokzal yo‘nalishidan kelayotganida, yo‘lning kutilmagan qismidan piyoda chiqib qolgan. 51 yoshli haydovchining ko‘p yillik tajribasiga qaramay, masofa yaqinligi sababli to‘qnashuvning oldini olish imkoni bo‘lmagan.

Dastlabki o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, 13 yoshli maktab o‘quvchisi svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga e’tibor bermasdan, belgilangan o‘tish joyi bo‘lmagan hududdan yo‘lni kesib o‘tishga uringan. Zarbadan so‘ng haydovchi darhol to‘xtab, birinchi yordam ko‘rsatgan va tez tibbiy yordam chaqirgan. Ayni paytda jabrlanuvchi 16-sonli shahar shifoxonasida shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

Mutaxassislar poytaxt ko‘chalarida avtobuslar uchun ajratilgan alohida yo‘laklarda piyodalar hushyorligini oshirish zarurligini yana bir bor eslatmoqda. Mazkur voqea yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda, unda har ikki tomonning harakatlariga huquqiy baho beriladi.