So‘nggi:
1-sentabrdan O‘zbekistondagi qurilish ob’yektlarida videonazorat o‘rnatish majburiy bo‘ladiJamiyatYil boshidan buyon turizm eksporti O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,2 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdiJamiyatO‘zbekistonlik kriptobloger Arut Nazaryan BAAda qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatQarshidagi gaz quyish shoxobchasida portlash: 6 kishi halok bo‘ldiJamiyatFarg‘ona NQIZ to‘liqligicha davlat tasarrufiga qaytarildiSiyosatFilippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyo

Andijonda Rossiya tomonida harbiy harakatlarda qatnashgan o‘zbekistonlikka sud hukmi o‘qildi

Andijonda Rossiya tomonida harbiy harakatlarda qatnashgan o‘zbekistonlikka sud hukmi o‘qildi

Marhamatda Rossiya tarkibida harbiy xizmat o‘tagan o‘zbekistonlik 3 yilga qamaldi. U Luganskda oshpaz bo‘lib ishlaganini aytgan, biroq yollanmachilikda aybdor deb topilgan.

Andijon viloyatining Marhamat tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudida yollanmachilik jinoyati bilan bog‘liq ish ko‘rib chiqildi. Sud hujjatlariga ko‘ra, 2021-yilda Rossiyaga ishlash uchun ketgan 25 yoshli D. M. 2022-yilda otasi bilan birga mahalliy fuqaro bilan nizolashib qolganidan so‘ng politsiya tomonidan ushlangan. Hibsxonada ularga harbiy harakatlarda qatnashish bo‘yicha shartnoma imzolash evaziga ozodlik va’da qilingan.

Sudlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u bosim ostida uch oylik harbiy kontraktga imzo chekkan va Luganskda tayyorgarlikdan o‘tgan. Biroq bevosita janglarda qatnashmasdan, harbiy qismlardan birida oshpaz bo‘lib xizmat qilganini, qurol ishlatmaganini ta’kidlagan. Shartnoma muddati tugagach, u Moskvaga qaytib ishini davom ettirgan, biroq 2025-yil aprelida hujjat rasmiylashtirish uchun Qozog‘istonga o‘tayotganida qo‘lga olingan.

Sud jarayonida D. M. qilgan ishidan pushaymonligini va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi harbiy mojaroda qatnashish O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha jinoyat ekanini bilmaganini bayon qildi. Shunga qaramay, sud uni Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi (Yollanmachilik) bilan aybdor deb topdi va uch yilga qamoq jazosini tayinladi. Avvalroq huquq-tartibot idoralari xorijdagi harbiy tuzilmalarga qo‘shilish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida bir necha bor ogohlantirgan edi.