So‘nggi:
Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyat

Xorazmda payvandlash apparati ichiga yashirilgan yirik miqdordagi geroin to‘xtatib qolindi

Xorazmda payvandlash apparati ichiga yashirilgan yirik miqdordagi geroin to‘xtatib qolindi

Xorazmda DXX va bojxona xizmati xodimlari Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida narkokurerning rejasini barbod qildi. Giyohvand moddalar qo‘shni davlatdan keltirilgan bo‘lib, viloyat hududida sotilishi rejalashtirilgan edi.

Xorazm viloyatida huquq-tartibot idoralari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi yirik amaliyot o‘tkazildi. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va bojxona organlari hamkorligida Qo‘shko‘pir tumanidagi avtoturargohlardan birida Urgut tumanida yashovchi 25 yoshli fuqaro qo‘lga olindi.

Gumonlanuvchining yuklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, u o‘zi bilan olib yurgan payvandlash apparati (svarka) ichiga xufiyona joylashtirilgan moddalar aniqlandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, qurilma ichidan 1,5 kilogramm geroin hamda 27 gramm opiy moddalari chiqarib olingan.

Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu «yuk» Tojikistondagi narkosavdogarlardan qabul qilib olingan va Xorazm viloyati hududida pullanishi kerak bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda ushbu jinoiy zanjirning boshqa ishtirokchilarini aniqlash choralari ko‘rilmoqda. DXX fuqarolarni bunday qonunbuzarliklar haqida 1520 qisqa raqamiga xabar berishga chaqirib, anonimlik kafolatlanishini eslatib o‘tdi.