Markaziy bank lotin alifbosidagi o‘zgarishlar sabab naqd pullarni almashtirish kerakmi yoki yo‘qligini tushuntirdiJamiyatO‘zLiDeP navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik doirasida hududiy konferensiyalar o‘tkazilmoqdaSiyosatAbdumalik Nazirov O‘zbekiston energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandiSiyosatO‘zbekistonda hafta anomal +29 daraja issiq bilan boshlanadiJamiyatGTA VI bir sutkada qariyb $4 mlrd ishlab topib, kino prokati rekordini ham ortda qoldirdiDunyoO‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimi 2026-yil oxiriga borib 15 mln kishidan oshadiJamiyatNamanganda brakonyerlar elektr qarmoq bilan Qizil kitobdagi baliqlarni ovlab, 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdiJamiyatO‘zbekiston talabalariga HEMIS orqali bir yillik bepul Google AI Pro obunasi ochildiJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdan Parkentga qatnaydigan yangi elektropoyezdda yurib ko‘rdiJamiyatO‘zbekistonda xorijliklarni endi deportatsiya markazida bir yilgacha ushlab turish mumkin bo‘ladiJamiyat

Markaziy bank lotin alifbosidagi o‘zgarishlar sabab naqd pullarni almashtirish kerakmi yoki yo‘qligini tushuntirdi

Markaziy bank lotin alifbosidagi o‘zgarishlar sabab naqd pullarni almashtirish kerakmi yoki yo‘qligini tushuntirdi

Markaziy bank lotin alifbosidagi o‘zgarishlar tufayli amaldagi pullarni almashtirish shart emasligini ma’lum qildi. Hozirgi barcha kupyuralar muomalada qoladi, yangi banknotalar chiqsa, kamida bir hafta oldin xabar beriladi.

O‘zbekiston Markaziy banki yangilangan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tish doirasida naqd pullarni almashtirish zarurati bor-yo‘qligiga oydinlik kiritdi. Bunga alifboga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilingani va uning milliy valyutaga ham daxldorligi sabab bo‘ldi.

Amaldagi pullarni almashtirishga hojat yo‘q

Regulyator ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbek alifbosidagi ayrim harflar yozilishiga kiritilgan o‘zgarishlar qo‘ldagi naqd pullarni almashtirish kerakligini anglatmaydi. Hozir muomalada bo‘lgan barcha pul kupyuralari odatdagi tartibda ishlatilishda davom etadi — ular bilan tovar va xizmatlar haqini bemalol to‘lash mumkin.

Yangi banknotalar muomalaga qanday kiritiladi

Kelgusida yangilangan alifbo asosida banknotalar chiqariladigan bo‘lsa, ular amaldagi kupyuralar bilan bir qatorda, ularga teng ravishda muomalada bo‘ladi.

Shuningdek, Markaziy bank yangi pul belgilarini chiqarish rejalashtirilgan taqdirda, bu haqda kamida bir hafta oldin rasmiy axborot berishini ma’lum qildi. Bu esa naqd pullar bilan bog‘liq ortiqcha mish-mishlarning oldini olish va fuqarolarga aniq ma’lumot yetkazishga xizmat qiladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish