Namanganda brakonyerlar elektr qarmoq bilan Qizil kitobdagi baliqlarni ovlab, 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdiJamiyatO‘zbekiston talabalariga HEMIS orqali bir yillik bepul Google AI Pro obunasi ochildiJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdan Parkentga qatnaydigan yangi elektropoyezdda yurib ko‘rdiJamiyatO‘zbekistonda xorijliklarni endi deportatsiya markazida bir yilgacha ushlab turish mumkin bo‘ladiJamiyatO‘zbekistonda muddatidan oldin pensiyaga chiqish taqdimnomasini my.gov.uz orqali rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildiJamiyat2035-yilga borib dunyoda musulmonlar soni nasroniylardan oshib ketadiDunyoToshkentda Rossiya fuqarosi 9-qavatdan o‘zini tashlab, joniga qasd qildiJamiyatO‘zbekistonliklarga maosh olish uchun bank va hamyonni mustaqil tanlashga ruxsat berildiIqtisodiyotFiribgarlar to‘lov undirish maqsadida OAVlarining ijtimoiy tarmoqlariga ommaviy hujum boshladiJamiyatSamarqandda talaba qarzlari sabab tug‘ilgan o‘g‘lini sotdiJamiyat

O‘zbekiston talabalariga HEMIS orqali bir yillik bepul Google AI Pro obunasi ochildi

O‘zbekiston talabalariga HEMIS orqali bir yillik bepul Google AI Pro obunasi ochildi

O‘zbekiston OTMlari talabalari kengaytirilgan Gemini, 5 TB bulutli xotira va sun’iy intellekt vositalariga ega Google AI Pro tarifini 12 oyga bepul ulashlari mumkin. Talabalik maqomini SheerID orqali HEMIS hujjatlari bilan tasdiqlash kifoya.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalari avvalgi bazaviy Google AI Plus taklifi o‘rniga Google AI Pro obunasini 12 oy muddatga bepul rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Aksiya shartlari haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi — talabalik maqomini HEMIS mobil ilovasidagi hujjatlar orqali tasdiqlash mumkin.

Google AI Pro va Google AI Plus o‘rtasidagi farq

Google AI Plus kundalik standart vazifalar, kengaytirilgan Gemini funksiyalari va qo‘shimcha bulutli xotiraga mo‘ljallangan bazaviy tarif hisoblansa, Google AI Pro yanada kengroq imkoniyatlar beradi: kuchliroq sun’iy intellekt modellari, oshirilgan limitlar, kattaroq bulutli xotira hamda o‘qish, ishlash va kontent yaratish uchun qo‘shimcha vositalar taqdim etiladi.

Bir yillik obunaga nimalar kiradi

  • Kengaytirilgan Gemini — kuchli modellar bilan ishlash, katta hajmdagi matnlarni tahlil qilish va o‘quv vazifalarida yordam;

  • 5 TB bulutli xotira — hujjatlar, suratlar va videolarni saqlash uchun;

  • Video va musiqa yaratish vositalari — matnli so‘rovlar asosida roliklar va musiqiy kompozitsiyalar generatsiyasi;

  • Kengaytirilgan NotebookLM — yuklangan manbalarni tahlil qilish, konspekt va qaydlar tayyorlash;

  • Gmail’dagi sun’iy intellekt — xatlarni yozish, tahrirlash va yozishmalar bilan ishlashda ko‘mak.

HEMIS va SheerID orqali qanday ulanadi

100 foizlik chegirma bilan bir yillik kirishni rasmiylashtirish uchun HEMIS ilovasidan talabalik guvohnomasi va o‘qish joyidan ma’lumotnomani yuklab olish, so‘ngra Gemini ilovasiga kirib talabalar uchun maxsus taklifni tanlash lozim.

Maqomni tekshirish xalqaro SheerID tizimi orqali amalga oshiriladi: talaba shaxsiy Google akkaunti orqali kiradi,OTMni ko‘rsatadi va tasdiqlovchi hujjatni yuklaydi. Ariza ma’qullangach, obuna 12 oyga bepul faollashtiriladi — ulanishdan oldin imtiyozli muddat tugagach amal qiladigan shartlar bilan tanishish tavsiya etiladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish