Poytaxt Parking nomidan soxta SMS-xabarlar tarqatilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda xorijiy fuqarolarni kuzatish bo‘yicha raqamli tizim yaratiladiJamiyatMigrantlarning xorijdagi mehnat staji O‘zbekistonda pensiya tayinlashda hisobga olinadiJamiyat10 ming kishini o‘qitish va Germaniyada ishga joylashtirishJamiyatO‘zbekistonda bolalarga ota-onasining roziligisiz chet el pasportini olish tartibi soddalashtirilishi mumkinJamiyatErkak Navoiy viloyatida turmush o‘rtog‘iga bolgarka bilan hujum qildiJamiyatApple Nvidia’dan o‘tib, dunyoning eng qimmat kompaniyasi maqomini qaytardiDunyoToshkentda erkak kishi ikki yil davomida maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, unga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatXususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyat

Migrantlarning xorijdagi mehnat staji O‘zbekistonda pensiya tayinlashda hisobga olinadi

Migrantlarning xorijdagi mehnat staji O‘zbekistonda pensiya tayinlashda hisobga olinadi

Shavkat Mirziyoyev xorijdagi mehnat stajini pensiya tayinlashda majburiy hisobga olish bo‘yicha topshiriq berdi. Yil oxirigacha Rossiya, Germaniya, Koreya va boshqa davlatlar bilan bitimlar tuzilishi rejalashtirilmoqda.

Mehnat stajini hisobga olish va pensiya ta’minoti

2-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, xorijdagi yurtdoshlarimizning ijtimoiy himoyasiga alohida e’tibor qaratdi. Davlat rahbari biror bir fuqaro o‘z muammolari bilan yolg‘iz qolmasligi, davlat ularga va ularning oilalariga g‘amxo‘rlik qilishi shartligini ta’kidladi.

Muhim yo‘nalishlardan biri pensiya ta’minoti bo‘ldi: O‘zbekiston fuqarolari 40 dan ortiq mamlakatda qonuniy mehnat qilib, u yerda pensiya badallarini to‘layotganini inobatga olgan holda, xorijda orttirilgan mehnat staji vatanda pensiya tayinlashda albatta inobatga olinishi bo‘yicha qat’iy topshiriq qo‘yildi.

Xalqaro kelishuvlar va rejalashtirilgan choralar

Hozirgi kunga qadar Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan mehnat staji hamda pensiya huquqlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar imzolandi. Mutasaddi idoralarga muzokaralarni faollashtirish va yil oxirigacha eng ko‘p o‘zbekistonliklar mehnat qilayotgan boshqa asosiy davlatlar — Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya,shuningdek, Boltiqbo‘yi va Bolqon mintaqasi mamlakatlari bilan shunday kelishuvlarga erishish vazifasi qo‘yildi.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va yordam

Chet elda qiyinchilikka duch kelgan yurtdoshlarimiz endilikda «Online mahalla» platformasi orqali yordam so‘rab murojaat qilishlari mumkin. Murojaatdan so‘ng elchilar va rasmiy vakillar ularning huquqlarini himoya qilishga shaxsan jalb etiladi. Viloyat hokimlariga esa migrantlarning yurtimizda qolgan oilalari va farzandlaridan xabar olib, ularga g‘amxo‘rlik qilish topshirildi.

Izohlar

    Izoh qoldirish