Xususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyat

Xususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildi

Xususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi xususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlik holatlarini fosh etish huquqi berildi. O‘zgarishlar 1-noyabrdan kuchga kiradi.

Xususiy kameralar vakolatlarining kengaytirilishi

Tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklarini foto va videofiksattsiya qilish tizimlari egalariga xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etilmaganlik holatlarini qayd etish huquqi berildi. Bu Vazirlar Mahkamasining 29-oktabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu hujjat bilan hukumatning 2021-yil 21-apreldagi 232-sonli qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Joriy yilning 1-noyabr hisobidan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan kameralar haydovchilar hamda yo‘lovchilarning transport vositasini boshqarish va tashish vaqtida xavfsizlik kamarini taqmaganlik holatlarini avtomatik tarzda qayd etishni boshlaydi.

Texnik talablar va shartlar

Tadbirkorlar ushbu qoidabuzarlik turini qayd etish huquqiga faqat belgilangan umumiy texnik talablarga to‘liq javob bergan taqdirdagina ega bo‘lishadi. Tasdiqlangan talablarga ko‘ra, foto va videofiksattsiya tizimlari quyidagilarni ta’minlashi shart:

  • Ma’lumotlarni avtomatik uzatish: qoidabuzarlik haqidagi ma’lumotlarni, jumladan metrologik ko‘rikdan o‘tkazilganlik sertifikatining raqami va amal qilish muddati, hodisa aniqlangan sana, vaqt hamda aniq koordinatalarni «Ma’muriy amaliyot» moduliga avtomatik ravishda yuborish.

  • Uzluksiz ishlash imkoniyati: elektr ta’minotida uzilishlar yuz berganda kamida sakkiz soat davomida tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan zaxira quvvat manbaiga ega bo‘lish.

  • Yuqori sifatli tasvir: haydovchining yuzi hamda xavfsizlik kamaridan foydalanilgani yoki foydalanilmagani aniq ko‘rinadigan yuqori sifatli fotosuratlarni ololish.

Izohlar

    Izoh qoldirish