Xususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyat

Toshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadi

Toshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida hayvonga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holati qayd etildi. Erkak kishi podyezdda mushukni bo‘g‘ib, unga jarohat yetkazgan.

Hodisa tafsilotlari va ijtimoiy tarmoqlardagi munosabat

28-oktabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish bilan bog‘liq navbatdagi og‘ir holat yuz berdi. Mushukning qiynalgani aks etgan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilikning hafsalasini pir qildi va keskin e’tiрозlarga sabab bo‘ldi.

Videotasvirlarda aniq ko‘rinishicha, eshik yopiqligi sababli mushuk ko‘p qavatli uyning kirish yo‘lagidan (podyezddan) tashqariga chiqib keta olmagan. Shu uyda yashashi taxmin qilingan erkak kishi ojiz jonivorni tutib olib, uni shafqatsizlarcha bo‘g‘ishga tushgan. Tasvirlardan ko‘rinib turibdiki, u mushukning oyog‘iga va tanasiga jiddiy shikast yetkazgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlangan mushukning o‘z egasi bor. Biroq uning huquq-tartibot idoralariga rasmiy ariza bilan murojaat qilgani yoki qilmagani hozircha aniqlashtirilmoqda.

Huquq-tartibot organlarining munosabati kutilmoqda

Sodir etilgan bu qabih ish bir nechta kuzatuv kameralariga muhrlanib qolgani aybdor shaxsning shaxsini tezkorlik bilan aniqlash, uning harakatlariga huquqiy baho berish imkonini beradi. Keng jamoatchilik huquqni muhofaza qiluvchi organlardan ushbu holat yuzasidan tezkor chora ko‘rilishini va hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik qilgan shaxs qonun doirasida qат’iy жазоланишиni talab qilmoqda.

Izohlar

    Izoh qoldirish