Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi oxirgi yillarda kamroq oila qura boshladi. 2025-yil yakunlarida nikohlar soni 1991-yildagidan ham pastlagan.
Rekord ko‘rsatkichdan pasayishgacha
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda aholining nikohga kirish ko‘rsatkichi sezilarli darajada kamaydi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2010-yillar oxiridagi rekord natijalardan so‘ng mamlakatda yangi oilalar tuzilishi barqaror ravishda qisqarib bormoqda.
1991-yilda respublikada 270,3 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich eng quyi nuqtaga — 168,9 mingtaga tushib ketgan edi.
Shundan so‘ng o‘sish davri kuzatilgan:
-
2005-yil: 184 mingta nikoh;
-
2010-yil: 292,3 mingta;
-
2015-yil: 287,6 mingta;
-
2018-yil (tarixiy rekord): 311,4 mingta nikoh;
-
2021-yil: 305,2 mingta.
So‘nggi yillardagi holat
2022-yildan e’tiboran fuqarolar o‘rtasida nikoh tuzish holatlari mutasil kamaya boshladi. 2022-yilda 296,7 mingta, 2023-yilda 283,8 mingta, 2024-yilda esa 271,8 mingta nikoh rasmiylashtirilgan.
2025-yil yakunlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 267,1 mingtaga tushdi va hatto 1991-yildagi darajadan ham pastladi.
2026-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonda 92,3 mingta juftlik o‘z munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirgan.



