Xorazmda bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda odamlar kamroq oila qura boshladiJamiyatO‘zbekistonda shifokorlar va farmatsevtlar uchun majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etiladiJamiyatAQSh Markaziy Osiyo davlatlariga kim bilan hamkorlik qilishni uqtirmoqchi emas — Marko RubioJamiyatFarg‘ona viloyatida bir ayol Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgani uchun 5 yilga qamaldiJamiyatQiziriqda MFY raisi va uning ukasi shaxsiy fotolar sababli sudlandJamiyatAQSh 300 mingdan ortiq xorijlikning vizasini bekor qildiDunyoLotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun imzolandiSiyosatMarko Rubio amerikalik tadbirkorlarga O‘zbekistondan uy sotib olishni taklif qildiIqtisodiyotO‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmini yiliga 1 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqdaJamiyat

AQSh Markaziy Osiyo davlatlariga kim bilan hamkorlik qilishni uqtirmoqchi emas — Marko Rubio

AQSh Markaziy Osiyo davlatlariga kim bilan hamkorlik qilishni uqtirmoqchi emas — Marko Rubio

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Samarqanddagi C5+1 uchrashuvida Vashington Markaziy Osiyo mamlakatlariga kim bilan munosabat o‘rnatishni talab qilmasligini bildirdi.

Samarqanddagi bayonot

AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlariga kim bilan aloqa o‘rnatish va hamkorlik qilish lozimligini uqtirmoqchi emas. Bu haqda C5+1 shaklidagi Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan AQSh davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi.

Rubioning ta’kidlashicha, Amerika delegatsiyasining asosiy maqsadi iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rsatishdan iborat.

«Biz bu yerga kimgadir kim bilan muomala qilish kerakligini ko‘rsatgani kelganimiz yo‘q… Biz o‘z eshiklarini ochayotgan dunyoning har qanday mintaqasi Amerika biznesi bilan hamkorlikka umid qilishi mumkinligini ko‘rsatishga harakat qilyapmiz», — dedi AQSh diplomatiyasi rahbari.

Halol raqobat va biznes imkoniyatlari

Marko Rubioning so‘zlariga ko‘ra, AQSh kompaniyalari mintaqada yangi imkoniyatlar ochilishi va halol raqobat muhiti yaratilishidan manfaatdor.

Uning qo‘shimcha qilishicha, agar adolatli raqobat sharoitlari ta’minlansa, dunyoda Amerika tovarlari va xizmatlari boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatlasha olmaydigan biror-bir mintaqaning o‘zi yo‘q.