O‘zbekiston Uzbek Seeds brendi ostida MDH bozoriga urug‘lik yetkazib berishni kengaytiradiJamiyatO‘zgidromet 9 ta viloyatda kuchli yomg‘ir va sel kelishi xavfidan ogohlantirdiJamiyat«Yandex» ma’lumotlar markazidagi yong‘in O‘zbekistonda Yandex servislarini ishdan chiqardiJamiyatToshkent metropoliteni xodimlari Qozog‘iston fuqarosiga yo‘qolgan 10 ming dollarini qaytarib berishdiJamiyatTailandda mamlakatdan chiqib ketayotgan aviayo‘lovchilar uchun yig‘im joriy etish taklif qilindiDunyoToshkentda shaxsni aniqlaydigan SI-dronlari ishga tushirildiJamiyatCentrum Air «Samara — Toshkent» reysidan blogerning tushirib qoldirilishiga munosabat bildirdiJamiyatAQSh vaboning tarqalishi sababli o‘z fuqarolarini Rossiyani zudlik bilan tark etishga chaqirdiDunyoToshkentda ToshDTUning yangi DXSh yotoqxonasidan 300 ga yaqin talaba chiqarib yuborildiJamiyatToshkentda tunda issiq suv bosimi va harorati vaqtincha pasaytiriladi — hududlar ro‘yxatiJamiyat

O‘zgidromet 9 ta viloyatda kuchli yomg‘ir va sel kelishi xavfidan ogohlantirdi

O‘zgidromet 9 ta viloyatda kuchli yomg‘ir va sel kelishi xavfidan ogohlantirdi

Sinoptiklar 11–12-oktyabr kunlari uchun favqulodda ogohlantirish e’lon qildi. O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida kuchli yomg‘ir, sel va suv bosish xavfi mavjud.

Sinoptiklarning shoshilinch ogohlantirishi

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi (O‘zgidromet) ob-havoning keskin yomonlashishi yuzasidan shoshilinch axborot e’lon qildi. Joriy yilning 11–12-oktyabr kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik sababli respublikaning 9 ta viloyatidagi tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel-suv Toshqin hodisalari yuzaga kelishi hamda hududlarni suv bosishi xavfi ortadi.

Ommaviy va kuchli yomg‘irlar tufayli aholi punktlari hamda pastqam yerlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi va hududlarni vaqtincha suv bosishi kuzatilishi mumkin.

Xavf kutilayotgan hududlar georafiyasi

Sel kelishi va suv toshqinlari xavfi quyidagi viloyat hamda tumanlarda yuqori deb baholanmoqda:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari.

  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari.

  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari.

  • Navoiy viloyati: XatIRchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari.

  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari.

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari.

  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari.

  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari.

  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri.