Toshkentda shaxsni aniqlaydigan SI-dronlari ishga tushirildiJamiyatCentrum Air «Samara — Toshkent» reysidan blogerning tushirib qoldirilishiga munosabat bildirdiJamiyatAQSh vaboning tarqalishi sababli o‘z fuqarolarini Rossiyani zudlik bilan tark etishga chaqirdiDunyoToshkentda ToshDTUning yangi DXSh yotoqxonasidan 300 ga yaqin talaba chiqarib yuborildiJamiyatToshkentda tunda issiq suv bosimi va harorati vaqtincha pasaytiriladi — hududlar ro‘yxatiJamiyatToshkentda erkak voyaga yetmagan qiz bilan shar’iy nikohdan o‘tib, uni zo‘rlab kelgani aniqlandiJamiyatAndijonda firibgarlik uchun sudlangan shaxs uyida soxta pul yasash bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandiJamiyatO‘zbekistonliklar yangi viza sabab Tailandga chipta sotib olmay qo‘ydiJamiyatUzAuto Motors banklarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib to‘lashga Chevrolet Cobalt va Damas sotuvini yo‘lga qo‘ydiJamiyatToshkentdagi kompyuter klubi yerto‘lasida maymun saqlanayotgani aniqlandiJamiyat

Centrum Air «Samara — Toshkent» reysidan blogerning tushirib qoldirilishiga munosabat bildirdi

Centrum Air «Samara — Toshkent» reysidan blogerning tushirib qoldirilishiga munosabat bildirdi

Centrum Air aviakompaniyasi Samara – Toshkent reysi yo‘lovchisi styuardessani haqorat qilgani va tajovuzkor xatti-harakatlari uchun samolyotdan tushirilganini ma’lum qildi.

Aviakompaniyaning rasmiy munosabati

Centrum Air aviakompaniyasi 5-oktyabr kuni C6468 «Samara — Toshkent» yo‘nalishidagi reysdan komil_vlogs taxallusli blogerning tushirib qoldirilishi yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Tashuvchi yo‘lovchining mojaroga faqat o‘zbek tilida gapirish talabi sabab bo‘lgani haqidagi iddaolarini rad etdi.

Kompaniya Centrum Air ko‘p millatli O‘zbekistonda tashkil etilganini hamda barcha bort kuzatuvchilari o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilishini va yo‘lovchilar bilan ularga qulay tilda muloqot qilishini ta’kidladi.

Chetlatish sababi va huquqiy choralar

Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchi bort kuzatuvchisiga nisbatan tajovuzkorona munosabatda bo‘lgan: qo‘pol shaklda talablar qo‘ygan, xodimni haqorat qilgan va yo‘lovchilarni samolyotga chiqarish vaqtida uning ishiga xalaqit bergan.

«Bunday xatti-harakatlar bortdagi xavfsizlik va tartibga tahdid solishi mumkin edi, shu sababli havo kemasi kapitani yo‘lovchini parvozga qo‘ymaslik haqida qaror qabul qildi. Biz ushbu qarorni to‘liq asosli deb hisoblaymiz», — deyiladi Centrum Air bayonotida.

Aviakompaniyadagilar hodisaning barcha tafsilotlari hujjatlashtirilganini qo‘shimcha qildi. Hozirda Centrum Air ushbu fuqaroning harakatlari yuzasidan huquq-tartibot organlariga murojaat qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.