Toshkentda shaxsni aniqlaydigan SI-dronlari ishga tushirildiJamiyatCentrum Air «Samara — Toshkent» reysidan blogerning tushirib qoldirilishiga munosabat bildirdiJamiyatAQSh vaboning tarqalishi sababli o‘z fuqarolarini Rossiyani zudlik bilan tark etishga chaqirdiDunyoToshkentda ToshDTUning yangi DXSh yotoqxonasidan 300 ga yaqin talaba chiqarib yuborildiJamiyatToshkentda tunda issiq suv bosimi va harorati vaqtincha pasaytiriladi — hududlar ro‘yxatiJamiyatToshkentda erkak voyaga yetmagan qiz bilan shar’iy nikohdan o‘tib, uni zo‘rlab kelgani aniqlandiJamiyatAndijonda firibgarlik uchun sudlangan shaxs uyida soxta pul yasash bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandiJamiyatO‘zbekistonliklar yangi viza sabab Tailandga chipta sotib olmay qo‘ydiJamiyatUzAuto Motors banklarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib to‘lashga Chevrolet Cobalt va Damas sotuvini yo‘lga qo‘ydiJamiyatToshkentdagi kompyuter klubi yerto‘lasida maymun saqlanayotgani aniqlandiJamiyat

Toshkentda ToshDTUning yangi DXSh yotoqxonasidan 300 ga yaqin talaba chiqarib yuborildi

Toshkentda ToshDTUning yangi DXSh yotoqxonasidan 300 ga yaqin talaba chiqarib yuborildi

Oliy ta’lim vazirligi ToshDTU yotoqxonasidan talabalarning chiqarib yuborilishiga munosabat bildirdi. DXSh obyekti foydalanishga topshirilmagan, xususiy sherik talabalarni noqonuniy joylashtirgan.

Bir sutka ichida ko‘chirish va talabalarning e’tirozi

6-oktyabr kuni kechqurun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (ToshDTU) huzurida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida barpo etilgan yangi yotoqxonadan 300 ga yaqin talaba chiqarib yuborildi. Viloyatlardan kelgan talabalarning ta’kidlashicha, ular yashash uchun to‘lovni oldindan amalga oshirishgan, biroq 5-oktyabr kuni binoni 24 soat ichida bo‘shatish bo‘yicha ogohlantirish olishgan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi munosabati

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bino hali rasman foydalanishga topshirilmagan, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagan hamda issiq suv va issiqlik tizimlari to‘liq ishga tushirilmagan. Qurilish belgilangan muddatda yakunlanmagani sababli bino avgust oyidagi ochilish tadbirlari doirasida foydalanishga topshirilmagan edi.

Tekshiruv davomida xususiy tadbirkor belgilangan tartibga (DXM yoki my.gov.uz orqali ariza topshirib, yo‘llanma olish) zid ravishda talabalarni binoga o‘zboshimchalik bilan joylashtirgani aniqlandi. Binoda ToshDTUga aloqador bo‘lmagan boshqa OOT talabalari va xorijiy fuqarolar ham yashab kelgan.

Ko‘rilgan choralar va pullarning qaytarilishi

Qoidabuzarlik bartaraf etilib, talabalarning barchasi obyektdan chiqarildi. ToshDTU talabalari universitetning boshqa amaldagi yotoxonalariga vaqtincha joylashtirildi, boshqa OOT talabalari esa o‘z o‘quv dargohlariga yuborildi. Vazirlik xususiy tadbirkor talabalardan yashash uchun olingan pullarni to‘liq hajmda qaytarganini ma’lum qildi.

Obyektga talabalarni rasman joylashtirish jarayoni qurilish to‘liq yakunlanib, kadastr va ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilgach, qonuniy tartibda amalga oshiriladi.