Centrum Air «Samara — Toshkent» reysidan blogerning tushirib qoldirilishiga munosabat bildirdiJamiyatAQSh vaboning tarqalishi sababli o‘z fuqarolarini Rossiyani zudlik bilan tark etishga chaqirdiDunyoToshkentda ToshDTUning yangi DXSh yotoqxonasidan 300 ga yaqin talaba chiqarib yuborildiJamiyatToshkentda tunda issiq suv bosimi va harorati vaqtincha pasaytiriladi — hududlar ro‘yxatiJamiyatToshkentda erkak voyaga yetmagan qiz bilan shar’iy nikohdan o‘tib, uni zo‘rlab kelgani aniqlandiJamiyatAndijonda firibgarlik uchun sudlangan shaxs uyida soxta pul yasash bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandiJamiyatO‘zbekistonliklar yangi viza sabab Tailandga chipta sotib olmay qo‘ydiJamiyatUzAuto Motors banklarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib to‘lashga Chevrolet Cobalt va Damas sotuvini yo‘lga qo‘ydiJamiyatToshkentdagi kompyuter klubi yerto‘lasida maymun saqlanayotgani aniqlandiJamiyatSaudiya Arabistonida Payg‘ambarni haqorat qilgan migrant o‘lim jazosiga hukm qilindiDunyo

Toshkentda erkak voyaga yetmagan qiz bilan shar’iy nikohdan o‘tib, uni zo‘rlab kelgani aniqlandi

Toshkentda erkak voyaga yetmagan qiz bilan shar’iy nikohdan o‘tib, uni zo‘rlab kelgani aniqlandi

Olmazor tumanida voyaga yetmagan qizga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan tekshiruv boshlandi. Qizga shar’iy nikohdan so‘ng tan jarohati yetkazilgan va zo‘rlangan.

Olmazor tumanidagi dahshatli holat

Toshkent shahrining Olmazor tumanida voyaga yetmagan qizga nisbatan tazyiq va jinsiy zo‘ravonlik holati aniqlandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar boshqarmasi ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, fuqaro Ch.B. 2025-yil 28-avgust kuni voyaga yetmagan N.M. bilan shar’iy nikohdan o‘tib, birga yashab kelgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ch.B. qizga nisbatan muntazam ravishda zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojlarini qondirgan hamda unga tan jarohatlari yetkazgan.

Tergov va qizni himoya qilish choralari

Hozirda mazkur holat yuzasidan Olmazor tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 5-oktyabr kuni Olmazor tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda IIB xodimlari voyaga yetmagan N.M. va uning ammasi N.N. bilan atroflicha suhbat o‘tkazdi.

Qizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xavfsizligini ta’minlash hamda ruhiy holatini barqarorlashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Kelgusida har qanday tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida jabrlanuvchiga rasman himoya orderi berildi.