So‘nggi:
Zilzila sababli Kolumbiyadan kofe eksporti amalda to‘xtab qoldiDunyoO‘zbekistonning barcha oliygohlarida karyera markazlari faoliyati majburiy etib belgilanmoqdaJamiyatO‘zbekistonliklar Serbiyaga qurilish sohasida ishga taklif etilmoqdaJamiyatO‘zbekiston qonunchiligidan “diniy ekstremizm” tushunchasi olib tashlanadiJamiyatNamanganda shilqimga musht tushirgan qiz oqlandi, cholning jazosi og‘irlashtirildiJamiyatQirg‘iziston O‘zbekistonning 28 tonna sabzavot mahsulotini ortiga qaytarib yubordiJamiyatO‘zbekistonda gaz va benzin tanqisligi hamda narx oshishiga qarshi keskin choralar ko‘riladiIqtisodiyotRossiyada migrantlar uchun daromad solig‘ini 30 foizgacha oshirish taklif qilindiDunyoQashqadaryoda YPX xodimlaridan qochmoqchi bo‘lgan Nexia-2 haydovchisi ushlandiJamiyatHindistonda giyohvand modda iste’mol qilgan sabab samolyot halokatga uchrashiga sal qoldiDunyo

Namanganda shilqimga musht tushirgan qiz oqlandi, cholning jazosi og‘irlashtirildi

Namanganda shilqimga musht tushirgan qiz oqlandi, cholning jazosi og‘irlashtirildi

Namanganda sud avtobusda shilqimlik qilgan cholga musht tushirgan 18 yoshli qizni oqladi. Apellyatsiya harakatlarni zaruriy mudofaa deb topdi va huquqbuzarga jazoni og‘irlashtirdi.

Namangan viloyat sudi rezonansga sabab bo‘lgan shahar avtobusidagi shahvoniy shilqimlik va unga berilgan zarba bo‘yicha chiqarilgan sud qarorini apellyatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqdi. Bu haqda UzNews.uz xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 27-iyul kuni poytaxt simolaridan xoli bo‘lgan avtobusda 66 yoshli erkak 18 yoshli yo‘lovchi qizning son qismidan ushlab, unga nisbatan shilqimlik qilgani haqida yozgan edik.

Bunga javoban qiz erkakka zarba bergan, oqibatda erkak yengil tan jarohati olgan. Birinchi instansiya sudi har ikkala tomonni ham aybdor deb topgan va qizga Yengil tan jarohati yetkazish (MJtK 52-moddasi) bo‘yicha 206 ming so‘m (0,5 BHM), erkakka esa Shahvoniy shilqimlik qilish (MJtK 41-1-moddasi) uchun 824 ming so‘m (2 BHM) jarima tayinlagan edi. Ushbu qaror jamoatchilik va huquqshunoslar o‘rtasida e’tirozlarga sabab bo‘lgandi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining xulosasiga ko‘ra, 18 yoshli qizning o‘z shaxsiy daxlsizligi va nomusini himoya qilishga qaratilgan harakatlari zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan deb topildi. Shu munosabat bilan birinchi instansiya sudining qizga nisbatan chiqargan qarori bekor qilindi hamda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish tugatilib, u to‘liq oqlandi.

Bir vaqtning o‘zida apellyatsiya instansiyasi 66 yoshli huquqbuzar erkakka nisbatan chiqarilgan hukmni ham qayta ko‘rib chiqdi. Sud birinchi instansiyada tayinlangan cezani o‘ta yengil deb topib, sodir etilgan qilmishning jamiyat uchun xavflilik darajasiga munosib baho berilmaganini ta’kidladi.

Natijada erkakka nisbatan ham birinchi instansiya sudining qaror qismi bekor qilinib, unga nisbatan yanada og‘irroq va qat’iyroq jazo tayinlandi.