So‘nggi:
Wildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildiDunyoRossiyada sudlangan migrantlarga fuqarolik va yashash ruxsatnomasi berilmaydiSiyosatO‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 8 mlrd dollar kerakJamiyatShavkat Mirziyoyev banklar faoliyatini uch oy ichida yaxshilashni talab qildiSiyosatO‘zbekistonliklar daromadining yarmidan ko‘prog‘ini kredit to‘lovlariga sarflamoqdaJamiyatToshkent viloyatida avtobus yo‘l haqi oshirildiJamiyatSobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyat

Toshkentda 15 yoshli oquvchi ishtirokidagi og‘ir yo‘l-transport hodisasi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda

Toshkentda 15 yoshli oquvchi ishtirokidagi og‘ir yo‘l-transport hodisasi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda

Toshkent shahrida 15 yoshli o‘quvchi boshqaruvidagi BMW M4 sportkarining YPX xodimini urib yuborishi ortidan jamoatchilikda jiddiy noroziliklar yuzaga kelmoqda. Jabrlanuvchining ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lishiga qaramay, huquq-tartibot organlari rasmiy ayblov e’lon qilishga shoshilmayapti.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, voqea Mirobod (Gospital) bozori yaqinida sodir bo‘lgan. BMW M4 Competition rusumli avtomobil xizmat vazifasini bajarayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib yuborgan.

Jabrlanuvchining ahvoli va tergov jarayoni

Hozirda jabrlanuvchi xodim shifokorlar nazorati ostida, u koma holatida qolmoqda. Shifokorlar xodimda ochiq bosh-miya jarohati va tos suyaklarining parchalanishi kabi og‘ir shikastlanishlarni qayd etishgan. Kuchli va tezkor avtomobil zarbi inspektorga qochish uchun imkon qoldirmagan.

Bosh prokuratura avtomobilni xususiy maktablardan birining 10-sinf o‘quvchisi boshqarganini tasdiqladi. 15 yoshli o‘smirda na haydovchilik guvohnomasi, na yetarli tajriba mavjud. Shunga qaramay, u 500 ot kuchidan ortiq quvvatga ega avtomobil ruliga o‘tirgan.

Jamoatchilik talabi va savollar

Ayni damda jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan, faqat tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Jamoatchilik esa bir qator muhim savollarni o‘rtaga tashlamoqda:

  • 500 ot kuchiga ega qimmatbaho sportkar kaliti voyaga yetmagan shaxs qo‘liga qanday qilib kelib qoldi?

  • Nima uchun aybdor hamon javobgarlikka tortilmadi?

Fuqarolar ushbu ishning shaffof tergov qilinishini va qonun oldida barcha teng ekanligini talab qilishmoqda.