O‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyoXorazmda bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda odamlar kamroq oila qura boshladiJamiyatO‘zbekistonda shifokorlar va farmatsevtlar uchun majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etiladiJamiyatAQSh Markaziy Osiyo davlatlariga kim bilan hamkorlik qilishni uqtirmoqchi emas — Marko RubioJamiyatFarg‘ona viloyatida bir ayol Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgani uchun 5 yilga qamaldiJamiyatQiziriqda MFY raisi va uning ukasi shaxsiy fotolar sababli sudlandJamiyatAQSh 300 mingdan ortiq xorijlikning vizasini bekor qildiDunyo

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda yuz bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda yuz bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

«Bo‘ston» mahallasidagi ko‘p qavatli uyda yuz bergan portlash oqibatida 19 yoshli yigit vafot etdi. Ichki ishlar vazirligi holat yuzasidan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish moddasi bilan tergov boshladi.

Qo‘qon shahrining «Bo‘ston» mahallasida joylashgan to‘rt qavatli uylardan birida yuz bergan mudhish hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlandi. 25-fevral kuni mazkur xonadonda gaz portlashi oqibatida yong‘in kelib chiqqan va beton plitalarning qulashi kuzatilgan. Fojia joyida 2007-yilda tug‘ilgan 19 yoshli fuqaro og‘ir jarohatlar olib, hayotdan ko‘z yumdi. Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, bir necha xonadonlarga jiddiy moddiy zarar yetgan.

Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi «a» bandi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan ish qo‘zg‘atdi. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari topshirig‘iga binoan tuzilgan tezkor-tergov guruhi hozirda voqea joyini ko‘zdan kechirmoqda va guvohlarni so‘roq qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, fevral oyi o‘rtalarida ham Qo‘qonda shunday hodisa qayd etilgan bo‘lib, unda jarohatlanganlardan biri shifoxonada vafot etgan edi.